
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14 iyul kuni davlat taşrifi bilan mamlakatga keldi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Toşkent xalqaro aeroportida uni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Vladimir Norov va Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev kutib oldi.
Uçraşuvdan söng birodar mamlakat delegatsiyasi “Yangi Özbekiston” boğiga taşrif buyurib, u yerda Turkmaniston prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi.


Serdar Berdimuhamedov majmua me’moriy yeçimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanişdi.


Özbekistonga taşrif buyurayotgan oliy martabali mehmonlarning uşbu muhtaşam majmua bilan tanişuvi an’anaga aylangan, deya yakunlanadi rasmiy xabar.












