Jahon | 14:58 / 15.07.2022
26849
5 daqiqa o‘qiladi

Vinnitsa markaziga raketa zarbasi va Donetskka javob hujumi. Urush suratlari

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:

  • 14 iyul kuni rossiyalik harbiylar Vinnitsa shahri markaziga bir necha raketa zarbasi yo‘lladi. 23 kishi halok bo‘lgan, shundan uch nafari bolalar, yuzdan ortiq kishi yaralangan, shundan 71 kishi shifoxonaga yotqizilgan, 40 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.
  • Rossiya nashrlari Vinnitsa bo‘ylab raketa zarbalari haqida deyarli hech narsa yozishmadi. Rossiya mudofaa vazirligi Vinnitsadagi Ofitserlar uyiga zarba berilgani, chunki bu joy Ukraina qurolli kuchlari harbiylarini tayyorlash markaziga aylantirilganini ma’lum qilgan. Aslida esa bu joyda konsertlar va madaniy tadbirlar o‘tkazib kelingan.
  • Bu hujumga xalqaro reaksiya keskin bo‘ldi. Yevroittifoq uni vahshiylik sifatida baholab, barcha aybdorlar jazoga tortilishini ma’lum qildi. 
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jahon hamjamiyatidan Rossiyani terrorchi-davlat sifatida tan olib, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi bo‘yicha alohida tribunal tuzishni talab qildi.
  • Human Righs Watch huquq tashkiloti rossiyalik harbiylar bosib olingan hududlardagi ukrainlarni qo‘lga olayotgani va Rossiyadagi qamoqxonalarga jo‘nayotganiga oid dalillarni topdi. 
  • Donetsk ham o‘qqa tutildi: ikki kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan.

Quyida 14 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Severodonetsk

Iyun oyi oxirida Rossiya nazoratiga o‘tgan Severodonetskning yuqoridan ko‘rinishi. Janglar vaqtida shaharning bir qismi vayron bo‘lgan.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv oblasti

Ukraina harbiylari Amerikaning M777 gaubitsasidan o‘t ochish pozitsiyasiga joylashmoqda. Xarkiv oblastida pozitsion janglar kechmoqda, tomonlarning birortasi hujumga o‘ta olmayapti. 14 iyul kuni RF mudofaa vazirligi M777 vzvod​​​​​i yo‘q qilinganini xabar qildi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutishga tayyorlanmoqda. U Amerikaning M777 gaubitsasidan otiladigan snaryadga portlatgich o‘rnatmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Amerikaning M777 gaubitsasidan rossiyaliklar pozitsiyasiga o‘t ochmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Mikolayiv

Kostyantin і Vlada Lіberovi 

Mikolayivdagi mehmonxonaga hujum oqibatlari. Binoga 14 iyul tongida raketa uchib kelgan. Mahalliy rasmiylar so‘nggi yillarda mehmonxona biznes-markaz sifatida foydalanilganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligi bungacha bir necha bor mehmonxona va yotoqxonalarga qilingan hujumlarni u yerlarga harbiylar joylashtirilgani bilan izohlagandi. 13 iyul kuni Ukraina qurollikuchlari Bosh shtabi so‘nggi uch haftada rossiyalik harbiylar Mikolayiv yo‘nalishida juda katta yo‘qotishlarga uchraganini xabar qilgandi. 

Mikolayivda vayron bo‘lgan biznes-markazning ichki ko‘rinishi. Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi 

Vinnitsa

Rossiyaning 14 iyul kuni Vinnitsa markaziga yo‘llagan zarbasi oqibatida 23 kishi halok bo‘lib, 100 dan ortiq kishi yaralandi.
O‘t o‘chiruvchilar Vinnitsa markazidagi portlash hududida ishlamoqda.
Foto: Ukraina FVDX

Qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar Vinnitsa markazidagi portlash hududida ishlamoqda.
Pavlo Petrov / Ukraina FVDX
Hujum vaqtida halok bo‘lgan to‘rt yoshli qizning kolyaskasi. Uning onasi, 33 yoshli Irina Dmitriyevaning oyog‘i uzilib ketgan. U o‘z instagramida Daun sindromi bilan tug‘ilgan qizini tarbiyalash jarayonini namoyish etib borgan. Foto: Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Vinnitsaga uchib kelgan raketa parchalarini yig‘ib chiqayotgan ukrain harbiysi. Foto: AP Photo/Efrem Lukatsky
Vinnitsadagi portlash hududida yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchi. Foto: Ukraina FVDX
Vinnitsadagi o‘t o‘chiruvchi
Vinnitsadagi qutqaruvchi
Vinnitsa markazi — raketa kelib tushgan joyning yuqoridan ko‘rinishi. Foto: Ukraina FVDX
Vinnitsadagi portlash joyida qonga belangan zambil.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk

14 iyul kuni Donetsk avtostansiyasiga berilgan zarbadan halok bo‘lgan kishining jasadi. Mahalliy rasmiylar tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Foto: Valentin Sprinchak / TASS
 Donetsk avtostansiyasiga berilgan zarbadan halok bo‘lgan marshrutka haydovchisining jasadi.
Kazbek Basayev / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid