Jamiyat | 18:00 / 16.07.2022
10385
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Londonda “Vinson & Elkins” tashkiloti rahbariyati bilan uchrashdi

Yevroobligatsiyalar egalari bilan doimiy mustahkam aloqada bo‘lib turish, ularni “O‘zbekneftgaz” AJning joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati borasida muntazam xabardor qilib borish maqsadida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil qilindi. Shuningdek, amaldagi hamkorlar va hamkorlik qilish rejalashtirilgan investitsiya salohiyati yuqori bo‘lgan kompaniya vakillari bilan ham muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Angliyaning London shahrida “Vinson & Elkins” yuridik firmasining Londondagi ofisi vakillari bilan uchrashdi.

“Vinson & Elkins” vakillari jamiyatning joriy faoliyati, amalga oshirilayotgan transformatsion loyihalar, shuningdek, so‘nggi yillarda erishilgan natijalar bilan tanishtirildi. Tomonlar mavjud hamkorlikning samaradorligi, uzoq yillik muvaffaqiyatli hamkorlik, o‘zaro tajriba almashinuvi va boshqa ko‘pgina masalalarni muhokama qilishdi.

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftgaz” AJ vakillari “Uzbekistan GTL” loyihasini amalga oshirish jarayonida bebaho yordam ko‘rsatgan “Vinson & Elkins” yuristlarining, shu jumladan firma xodimlarining professionalligini yuqori baholab, ularga minnatdorchilik izhor etdi.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi a’zolari hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirdilar, bu esa o‘z navbatida “Vinson & Elkins” tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuv doirasida tomonlar qo‘shma loyihalarning hozirgi holati, yangi istiqbolli yo‘nalishlar, yuzaga kelgan vaziyat va mavjud sanksiyalar xavfi tufayli xalqaro bozorlarda beqaror iqtisodiy vaziyatni ham tahlil va muhokama qildilar.

Foto: O‘zbekneftgaz

Ma’lumot uchun: “Vinson & Elkins” (yoki V&E) xalqaro huquq firmasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 700 dan ortiq yuristlarga ega bo‘lib, uning shtab — kvartirasi Xyuston shahrida (AQSh) joylashgan.

“Vinson & Elkins”ning dunyodagi eng yirik energiya, moliyaviy va siyosiy markazlarda vakolatxonalari bor, shu jumladan Xyuston, Ostin, Dallas, Los Anjyeles, Nyu-York, Richmond, San-Fransisko, Vashington (AQSh), London (Buyuk Britaniya), Dubay (BAA), Riyoz (SAQ) va Tokioda (Yaponiya).

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid