Jahon | 12:31 / 16.07.2022
9993
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada migrantlar mehnat shartnomalariga chipli yagona hujjat ma’lumotlarini kiritish taklif qilindi

Shuningdek, mehnat shartnomasi muddati davomida unga tibbiy yordam ko‘rsatish asoslarini chet ellik ishchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritishni majburiy qilib qo‘yish taklif etilmoqda.

Foto: Vladimir Smirnov / TASS

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Mehnat kodeksida ish beruvchilar va migrantlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasida elektron tashuvchiga ega bo‘lgan yagona hujjat, xorijiy ishchilar reyestridagi haqiqiy hisob va ularni taqdim etish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish zarurligini qonunlashtirishni taklif qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ma’lumotlar Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi yagona hujjatda elektron saqlash vositasi, xorijlik ishchilar reyestridagi amaldagi hisob yozuvi bilan ko‘rsatiladi», — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, qonun loyihasidan kelib chiqqan holda, mehnat shartnomasi muddati davomida unga tibbiy yordam ko‘rsatish asoslarini chet ellik ishchi bilan mehnat shartnomasiga kiritishni majburiy qilib qo‘yish taklif etilmoqda. Xususan, gap amal qilish muddati kamida bir yil bo‘lgan ixtiyoriy yoki majburiy tibbiy sug‘urta polisi haqida ketyapti. 

Hozirgi vaqtda mehnat shartnomasida majburiy ravishda xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va mehnat shartnomasini tuzgan ish beruvchining ismi, xodim va ish beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, STIR, mehnat shartnomasi tuzilgan joy va sanasi ko‘rsatilishi kerak. 

Shuningdek, u xodimning mehnat funksiyalarini, ish boshlangan sanani, ish haqi shartlarini, ish vaqti va dam olish vaqtlarini aks ettirishi kerak. Ichki ishlar vazirligining qonun loyihasiga ko‘ra, ushbu shartlar mehnat shartnomasida saqlanib qoladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid