Iqtisodiyot | 18:19 / 16.07.2022
18649
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi o‘z vaqtida hisobot taqdim etmagan qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarni javobgarlikka tortmaydi

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagani uchun javobgarlikka tortilmaydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Fotolia

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy yilning 3 iyulidan 2 avgustiga qadar favqulodda holat joriy etilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kodeksining 213-moddasi 1-qismi 2-bandi va 215-moddasi 1-qismi 1-bandlariga asosan ushbu hududda faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llamaydi.

Qayd etilishicha, qo‘mita favqulodda holat davrida soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik holatlari bo‘yicha javobgarlik va ta’sir choralari - bankdagi hisobraqamlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatish, QQS guvohnomasining amal qilishini vaqtincha to‘xtatish kabilarni qo‘llamaslikka qaror qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid