
Öt öçiruvçilar işini köplab yonğin öçoqlarida harorat Tselsiy böyiça 40 darajadan oşgani murakkablaştirmoqda, yangi hafta boşida harorat yanada kötarilişi kutilmoqda.
Yevropa va qöşni mintaqalarda qiş juda quruq kelib, yozgi harorat juda yuqori bölişi yonğin keng tarqalişi uçun ideal şaroit hosil qilgan. Natijada iyul oyida Fransiya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Gretsiya, Turkiya va Marokaşning örmonli hududlarini kuçli yonğinlar öz domiga oldi.
Yevropa ittifoqining Copernicus atmosferani monitoring qiliş xizmati (CAMS) Yevropa janubi va Afrika şimolidagi qaysi davlatlar ayni vaqtda yonğin tarqalişi xavfi yuqori bölgan hududda ekani aks etgan xaritani namoyiş etdi.

Olimlarning ta’kidlaşiça, sönggi yillarda ekstremal ob-havo bilan boğliq tabiiy ofatlar sezilarli darajada köpaygan.
Inson faoliyati tufayli röy berayotgan iqlim özgarişlari issiqlik davri yanada muntazam, yanada intensiv va yanada uzoq vaqt bölişiga olib kelmoqda.
Global örtaça harorat allaqaçon sanoatlaşiş davridan oldingi haroratga nisbatan 1,1 darajaga ortgan va agar mamlakatlar atmosferaga issiqxona gazlari çiqindilarini çiqarişni qisqartirmasa, bu körsatkiç oşişda davom etadi.
Bu haftada Fransiya öt öçiruvçilari federatsiyasi rahbari öt öçiruvçilar har kuni iqlim özgarişlari oqibatlarini öz tanalarida his qilişayotganini aytib ötdi.
«Bu oqibatlarni 2030 yilda kutiş kerak emas - ular ayni vaqtda röy bermoqda», deya qayd etgan Gregori Alione.
Ötgan yilda ham Yevropa janubiga kuçli örmon yonğinlari yopirilgandi - öşanda eng xavotirli vaziyat Turkiya va Gretsiyada kuzatilgan.
Portugaliya va Ispaniya
Payşanba kuni Portugaliya şimolida harorat Tselsiy böyiça 47 darajaga yetdi va keyin 40 daraja atrofida saqlanib qoldi.
Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilişiça, Portugaliya va Ispaniyada 600 nafar atrofidagi kişi issiq va tutun tufayli soğligida muammolar yuzaga kelişi oqibatida vafot etgan.
Reuters Karlos III nomidagi salomatlik instituti ma’lumotlariga asoslanib xabar berişiça, bir haftadan buyon davom etayotgan jazirama 360 kişini hayotdan olib ketgan. Ispaniyada havo harorati 45,7 darajaga çiqqan.
Qöşni Portugaliyada mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi 7-13 iyul kunlari davomida anomal issiq tufayli 238 kişi halok bölganini ma’lum qilgan, ularning katta qismi — keksa yoşli kişilar.

Juma kuni Portugaliya gidrosamolyoti uçuvçisi ham halok böldi. U mamlakat şimoli-şarqida, Ispaniya bilan çegara yaqinidagi Foş Koa şahri hududida olovni öçiriş işlari vaqtida qulab tuşgan.
Iyundan beri Portugaliyaning 90 foizdan ortiq hududi qurğoqçilikni boşdan keçirgan. Mamlakat rasmiylari ma’lumotiga köra, bunday şaroitda boşlangan yonğinlar - asosan mamlakat şimolida - 30 ming gektardan ortiq yer maydonini vayron qilgan.
Portugaliyaning bu qadar ulkan hududini yonğinlar qamrab olişi sönggi bor 2017 yilda kuzatilgan. Öşanda vayronkor örmon yonğinlari oqibatida 100 kişi halok bölgandi.

Ispaniya janubidagi Mixas şahrining muxlislar orasida maşhur bölgan Kosta-del-Sol kurorti yaqinida kuçli yonğinlar davom etmoqda. Uşbu şahar yaqinidagi tepaliklarda tarqalgan yonğinlar tufayli hukumat 2 300 kişini evakuatsiya qilgan. Qöşni Torremolinos şahrida dam olayotganlar tepaliklar ustida quyuq qora tutun ustunlari kötarilganiga guvoh bölişi mumkin, öt öçiruvçilar esa maxsus samolyotlardan suv soçiş orqali olovni töxtatişga urinmoqda.
Ispaniyalik öt öçiruvçilar mamlakat şimoli-ğarbida ham yonğinga qarşi kuraşmoqda, bu hududda harorat Tselsiy böyiça 45 darajaga kötarilgan va Portugaliya bilan çegara yaqinidagi Monfrag qöriqxonasi yonib ketgan.
Bu örmon özining tabiiy xilma-xilligi va turli quş turlari köpligi bilan maşhur edi.
Fransiya
Fransiyada tabiiy yonğinlar asosan Atlantika okeani sohillari yaqinida röy bermoqda - eng murakkab vaziyat mamlakat janubi-ğarbidagi ma’muriy markazi Bordo şahri bölgan Jironda departamentida yuzaga kelgan.
Bu yerda allaqaçon tört ming gektardan ortiq yer yonib ketgan va 11 mingdan ortiq kişi evakuatsiya bölişga majbur bölgan - ular orasida maşhur kempinglarda dam oliş uçun kelgan minglab sayyohlar ham bor.

Yöllarda hududni tark etayotgan avtomobillarning uzun navbatlari yuzaga kelgan, unga kiriş yöli politsiya tomonidan tösib qöyilgan.
Seşanba kunidan Fransiya böylab yonğinlarni öçiriş amaliyotiga mingdan ortiq öt öçiruvçilar va töqqizta gidrosamolyotlar jalb etilgan.
Adriatika
Juma kuni Italiya şimolida Adriatika sohilidagi Bibione kurortini yonğin qamrab olgaç, bir qança dam oluvçilar özini dengizga otişiga töğri keldi. Ularni sohil xavfsizlik xizmati qutqarib olgan.
Şanba kuni öt öçiruvçilar Venetsiya yaqinida boşlangan yonğinni öçiriş işlarini davom ettirişdi.
Avvalroq Xorvatiyadan ham örmon yonğinlari töğrisida xabarlar kelgandi - öt öçiruvçilar samolyotlar yordamida Zadar va Şibenek şaharlari yaqinida yuzaga kelgan yonğin öçoqlarini bartaraf etişga urinmoqda.
Gretsiyada qutqaruv xizmatlari bir kunda 51 yonğinni öçirişgan, ammo kuçli şamollar tufayli yangi öçoqlar yuzaga kelişi xavfi yuqoriligiça qolmoqda - ayniqsa mamlakat markazi, Attika va Krit orolida, orolda ehtiyotkorlik çorasi sifatida oltita qişloq aholisi evakuatsiya qilingan.

Meteorologlar yangi hafta boşida Britaniya va Fransiyada ham harorat 40 darajada oşişi mumkinligini prognoz qilmoqda.
Britaniya meteorologiya xizmati xavfli ob-havo tufayli ogohlantirişning «qizil» darajasini e’lon qildi - tarixda ilk bor yuqori harorat tufayli.












