Shimoliy Karolinada o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda
Yong‘in qariyb 1,6 ming gektar maydonga yoyilgan. Shtatning ba’zi okruglarida ixtiyoriy evakuatsiya e’lon qilingan.

Foto: Allison Joyce
Quruq ob-havo hamda kuchli shamol oqibatida o‘tgan dam olish kunlari Shimoliy Karolina shtatida ikki o‘rmon yong‘ini jami 4 ming akr (1,6 ming gektar) maydonga yoyildi, deb xabar beradi The New York Times.
Qayd etilishicha shtatning ba’zi okruglarida Jamoat xavfsizligi boshqarmalari ixtiyoriy evakuatsiya e’lon qilgan. Mahalliy hokimiyat aholini yong‘in tutuni sababli yo‘llarda ko‘ruvchanlik cheklangan haqida ogohlantirib, haydovchilardan yanada ehtiyotkor bo‘lishni so‘ramoqda.
Yong‘inga qarshi Shimoliy Karolina va boshqa shtatlardan kelgan 250 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi kurashyapti. Eng murakkab vaziyat shtat g‘arbida joylashgan Polk okrugida kuzatilmoqda. U yerda 20 mingga yaqin odam yashaydi, shtat rasmiylari ushbu okrugda alanganing tarqalishi sabab «qizil» xavf darajasini e’lon qilgan.
Mahalliy o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi allaqachon shtatdagi barcha o‘rmonlarda gulxan yoqishga to‘liq taqiq joriy etgan. «Bizning asosiy vazifamiz – aholi hayoti va sog‘lig‘ini, xususiy, shtat va federal mulklarni hamda o‘rmon massivlarini himoya qilishdir», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar boshlarida Los-Anjyeles okrugida yong‘inlar boshlangan edi. Ushbu yong‘inlar oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘lgan, 16 mingga yaqin inshoot yonib ketgan yoki shikastlangan, 180 ming kishi evakuatsiya qilingandi. Yong‘inlar yetkazgan zarar 250 milliard dollarga baholangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 08:12
-
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi
Jahon | 08:10
-
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 07:41
-
Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshladi
Jahon | 07:39
Mavzuga oid

21:34 / 01.05.2025
Isroil olov ichida

19:52 / 01.05.2025
Isroilda o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda gumonlangan 18 kishi qo‘lga olindi

23:44 / 30.04.2025
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar

21:49 / 23.04.2025