Quyida keltirilgan hodisa bundan bir neça yil avval Toşkent şahrida sodir bölgandi. Xasti Imom masjidi qurib bitkazilgan söng Özbekistonning barça hududlardan uni ziyorat qilişga odamlar kela boşladi. Köpçilik masjid ziyoratiga juma kuni kelar, juma namozida namozxonlar masjid hovlisiga siğmay ketardi.
Öşa paytda işim Toşkentda edi va oldimga turli yumuşlar bilan poytaxtga borgan hamqişloqlar borib turişardi.
Ana şunday juma kunlaridan birida işxonamga qişloğimizdan bir guruh otaxonlar kelişdi. Ular poytaxtga sayohat qilib kelganlarini va Xasti Imomni ziyorat qiliş ham rejada borligini aytib, mendan yangi masjidga olib borişimni söraşdi.
Masjidga borganimizda hali juma namozigaça vaqt bor edi. Ular Xasti Imomni obdan tomoşa qilişdi. Juma namozidan söng taşqariga çiqar ekanmiz, masjid darvozasi tomonda mungli bir ovoz nola qilardi:
– Otam bizni taşlab Rossiyaga ketib qolgan. Onam beş nafar farzand bilan yolğiz qolgan. Men közi ojiz nogironman. Ukam kasal, uni davolatişga esa pulimiz yöq. Sizlardan iltimos, ukamni davolatişga yordam beringlar. Bizdan qaytmasa, Xudodan qaytsin...
Yigitning ovozi har qanday insonning rahmini keltiradigan darajada ta’sirli edi. Odamlarga ergaşib masjid darvozasiga yaqinlaşar ekanman, yaqinroq borib qarasam yigit yigirma yoş atrofida bölib, köziga nogironlarning maxsus qora közoynagidan taqib olgandi. Yigitning közi ojiz ekan. Beçoraga rahmim keldi.
Masjiddan çiqayotgan odamlarning aksariyati yigitning qölidagi yelim paketga pul tiqardi. Men ham çöntagimdan pul çiqarib paketga taşlay desam u tölib-toşib ketibdi. Pulni yigitning çöntagiga tiqib ötib ketdim.
Taşqarida hamqişloq otaxonlarning masjiddan çiqişini birpas kutib qoldim. Közim mungli ovozda nola qilayotgan közi ojiz yigitda edi. Beçora, şunday insonlarga qiyin. Işlay desa közi ojiz, oladigan nafaqasi haminqadar.
Bir payt qarasam uning qölidagi yelim paket almaşib qolibdi. Endi u boşqa böş paketni uşlab turardi. Xayolimdan «beçoraning özi yura olmaydi, uni yetaklab kelgan hamrohi bor ekan» degan öy ötdi.
Hamqişloq otaxonlar ham çiqişda uning nolalaridan köngillari yumşab, çöntak kavlay boşlaşdi. Qarab turibman, ularning har biri yigitning qölidagi paketga salmoqli miqdorda pul tiqişdi.
Masjiddan çiqqanimizdan söng ovqatlanişga bordik. Yölda ham, oşxonada ötirganimizda ham mavzu şu közi ojiz yigit böldi. Otaxonlar yigitga açinib, uning oilasini taşlab ketgan otasini la’natlab ötirişdi.














