Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odessadagi yong‘inlar va Vinnitsa markaziga hujum oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 143-kuni o‘tdi.
16 iyul kuni Vinnitsadagi shifoxonada shaharga berilgan raketa zarbasi vaqtida og‘ir jarohatlangan ayol vafot etdi; hujum qurbonlari soni 24 kishini tashkil etmoqda. «DXR» rasmiylari Ukraina Donetsk, Horlivka va Dokuchayevskni o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Donetskda to‘rt kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi yaralangan. Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Chuguyiv shahri va Dnepropetrovsk oblastining Nikopol (qurbonlar va yaralanganlar bor) shaharlariga ham raketa zarbalari yo‘llagan. Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida omborxonalarga o‘t ketgan.
Quyida 16 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Odessa
Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Kostyantin і Vlada Lіberovi
Dnipro
Ukrain harbiylari rossiyaliklar raketa zarbasidan hosil bo‘lgan o‘rani ko‘zdan kechirmoqda. 15 iyul kuni Rossiya qo‘shini Dniproni raketalar bilan o‘qqa tutdi, uch kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan. Rossiya tomoniga ko‘ra, hujum nishoni raketalar ishlab chiqariladigan zavod bo‘lgan. Ukraina tomoniga ko‘ra, turar joy binolari, shuningdek maktab va bilim yurti binolari shikastlangan.
Xarkiv oblasti
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Slovyanskdagi bolalar uyi binosi birinchi qavatining rossiyaliklar zarbasidan keyingi ko‘rinishi. 16 iyul kuni RF mudofaasini boshqarish milliy markazi boshlig‘i Mixail Mizinsev «millatchi tuzilmalar jangarilari» «Parus Nadejda» nomli bolalar uyini kazarma va tayanch punktiga aylantirib, tarbiyachi va bolalarni go‘yoki «jonli qalqon sifatida» ushlab turganini aytdi.
Baxmut aholisi vakillari Rossiya raketa zarbasidan vayron bo‘lgan bozor oldida. Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday rossiyaliklar 16 iyul kuni Lisichansk-Baxmut trassasini egallash uchun navbatdagi urinishni amalga oshirgan, «hayot yo‘li» deb ataladigan bu trassa olinsa, Baxmut shturmini boshlash mumkin bo‘ladi. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar hamon Luhansk oblasti chegaralariga chiqa olmadi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vinnitsa
Reuters / Scanpix / LETA
14 iyul kuni raketa va oskolkalar Ofitserlar uyi, tibbiy markaz, ofislar binosi, do‘konlar va atrofdagi o‘nlab uylarni shikastlagan. Hujum oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, ulardan uch nafari — bolalar. RF mudofaa vazirligi 15 iyul kuni hujum maqsadi bo‘lgan Ofitserlar uyida bu vaqtda go‘yoki ukrain qo‘mondonligi va «xorijdan qurol yetkazib beruvchilar uchrashuvi» o‘tayotgan bo‘lganini aytgan. Ofitserlar uyi sovetlar davridan buyon konsert zali sifatida xizmat qilgan, hujum kuni bu yerda xayriya konserti o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Ed Ram / ZUMA Press Wire Service / Scanpix / LETA