18:36 / 17.07.2022
2408

Uch yarim yilda salkam 4 mlrd dollar qiymatdagi 355 ta DXSh loyihasi amalga oshirildi

O‘tgan uch yarim yillik davrda salkam 4 mlrd dollar qiymatdagi 355 ta DXSh loyihasi amalga oshirilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Dilnavoz Qo‘ldosheva ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, energetika sohasida 8 ta, kommunal xizmatlar sohasida 3 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 47 ta, suv xo‘jaligi sohasida 132 ta, ekologiya sohasida 62 ta, ta’lim sohasida 61 ta, hunarmandchilik sanoati sohasida 13ta, madaniyat sohasida 22 ta, axborot texnologiyalari va bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 2 tadan, hamda transport, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, huquqni muhofaza qilish sohalarida 1 tadan loyihani tashkil etadi.

Shundan:

  • DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolangan loyihalar soni – 291ta;
  • DXSh to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 25ta;
  • tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 39tani tashkil etadi.

Bildirilishicha, hozirda 14 mlrd dollar qiymatidagi 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Top