O‘zbekiston | 07:43 / 18.07.2022
11581
1 daqiqa o‘qiladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi metan gaz narxini oshirayotgan «zapravka»larga chora ko‘radi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlari oshirilganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 iyuldagi 387-sonli qaroriga muvofiq, yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ayrim avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlari oshirilganligi yuzasidan tezkor o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan bugungi kunda 1 kubometr metan gazining narxi barqaror ravishda o‘rtacha 2300 so‘mdan 2800 so‘mgacha sotilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotgani va avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan taqdirda, belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid