O‘zbekiston | 13:22 / 18.07.2022
9703
2 daqiqa o‘qiladi

Olti oyda 20 mingdan ziyod ishsiz fuqaroga 21 mlrd so‘m ishsizlik nafaqasi to‘landi

O‘tgan olti oyda 20 mingdan ziyod ishsiz fuqaroga 21 mlrd 487 ming so‘m ishsizlik nafaqasi to‘langan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari  Mavjuda Mirzayeva ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

U 2022 yilning 6 oyi davomida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

2022 yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha respublikada mehnat resurslari soni 19 mln 400 ming nafarni tashkil etadi.

Mehnat resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar – 13 mln 600 ming kishi, shundan rasmiy sektorda band aholi soni – 6 mln 100 ming nafarni, norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni – 5 mln 700 ming nafarni, respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1 mln 800 ming kishini tashkil etgan.

Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 mln 400 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida - 14,9 foiz, ayollar orasida - 12,8 foizni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 1 aprel holatida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 400 ming kishini tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-iyun oylari davomida 438 ming ish bilan band bo‘lmagan shaxsga bandlik xizmatlari ko‘rsatildi.

Bildirilishicha, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish.mehnat.uz va ish2.mehnat.uz saytlarida e’lon qilinib, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid