“O‘zbekneftgaz”: Yanvar-iyun oylarida 340,7 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan gazni qayta ishlash zavodlarida tabiiy gazdan suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi, tabiiy gaz tarkibidan propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmalarini modernizatsiya qilish, investitsiya loyihalarni amalga oshirish hisobidan joriy yilda 662,2 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida 2021 yilga nisbatan 17 ming tonna ortiq ishlab chiqarish yoki 102,6%ni tashkil etadi.
Bugungi kunda yillik suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejasini bajarish hamda 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida Respublikamiz aholisi va ijtimoiy soha obektlariga suyultirilgan gazni uzluksiz doimiy yetkazib berish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ va boshqarmalar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar tizimli tashkil etilmoqda.
Xususan, bugungi kunda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha tegishli mutaxassislar tomonidan ishlar olib borildi. Kun isishi bilan qurilmalarning texnologik jarayonlariga salbiy ta’sirini ko‘rsatib, ishlab chiqarish hajmlari kamayishiga olib keldi, qo‘shimcha issiqlik almashtirish uskunalari va havo bilan sovitish uskunalarida yangi texnologik jarayonlar, ya’ni sovitish tizimini montaj qilib ishga tushirish hamda mutaxassislar tomonidan texnologik jarayonlarga o‘zgartirishlar kiritish natijasida kunlik 50 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish oshirishga erishildi.
Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ham suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, bugungi kunda ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Yoz mavsumida kun isishi o‘z navbatida texnologik jarayonlarga hamda qurilmalarning barqaror ishlashiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida, 1-navbat qurilmasi kirish qismidagi havo bilan sovitish uskunasi atrofiga qo‘shimcha sovitish uskunasi montaj qilinmoqda.
Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmalari ishlab chiqarish foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida 8-, 9-sonli Gaz haydash agregatlarida pompajga qarshi himoya klapanlari Chirchiq shahridagi “DRESSER-RAND” tashkilotida ta’mirlanib, quvvatlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida Sho‘rtan neft va gaz boshqarmasidagi gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmalarida kunlik suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmlari 30 tonnaga oshirish imkoni yaratiladi.
Kuz-qish mavsumida qurilmalar barqarorligini ta’minlash maqsadida Muborak gazni qayta ishlash zavodida kecha-yu kunduz ishlar tashkil etilib, qurilmalarni ta’mirlash ishlari qisqa muddatda amalga oshirildi. “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘i bilan, qurilmalarni ta’mirlash uchun kecha-yu kunduz ishlar tashkil etish hisobidan ta’mir vaqtida qisqarishi mumkin bo‘lgan miqdorlarning oldini olishga erishildi. Shuningdek qurilmalarni barqaror ishlash evaziga iyun oyi o‘rtacha ishlab chiqarishga nisbatan kunlik 35 tonna miqdorlar oshirishga erishildi.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarma va zavodlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichi 319,5 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 340,7 ming tonna ishlab chiqarildi va reja bajarilishi 106,6% (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,8%) tashkil etdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun respublika bo‘ylab ishlab chiqarilgan suyultirilgan gaz, “O‘zbekneftgaz” AJning boshqarma va zavodlarida amalga oshiriladi. Xorijiy va qo‘shma korxonalarga ham “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish evaziga amalga oshiriladi.
Statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, respublika bo‘yicha xorijiy korxonalar bilan birga yanvar-iyun oylarida 408,5 ming tonna reja belgilangan bo‘lsa, amalda 427,8 ming tonna ishlab chiqarishga erishilgan, reja 104,7% ga bajarilgan.
Respublikadagi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan doimiy hamkorlikda amaliy yordam berib kelinmoqda.
Ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazni realizatsiya qilish yanvar-iyun oylarida respublika iste’molchilariga 378,6 ming tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 399,5 ming tonna yetkazib berilgan. Reja bajarilishi 105,5% ni tashkil etgan.
Shu bilan birga, birinchi navbatda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obektlari uchun “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga suyultirilgan gaz kelishilgan jadvallar asosida yetkazib berilishi ta’minlanmoqda. Hisobot davrida 297,2 ming tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 297,3 ming tonna rejaga nisbatan 100% (o‘sish surati 106,3%) yetkazib berildi.
2019-2022 yillarda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obektlari uchun “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga har yiliga qo‘shimcha yetkazib berish hajmlari oshirilib borilmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2019 yilning 1-yarim yilligida 224,2 ming tonna yetkazib berilgan bo‘lsa, o‘rtacha kunlik 1,2 ming tonnani tashkil etgan. 2022 yilning 1-yarim yilligida esa 297,3 ming tonna yetkazib berilgan, bu o‘z navbatida bir kunda o‘rtacha 1,6 ming tonna tashkil etgan.
“O‘zbekneftgaz” AJning boshqarma va zavodlari tomonidan suyultirilgan gazni sifatli va jahon standartlariga mos ko‘rsatkichlarda yetkazib berish, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish va respublikaning barcha turdagi iste’molchilariga belgilangan miqdorlarda uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024