O‘zbekiston | 08:50 / 19.07.2022
2942
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes-ombudsmanga kelib tushgan murojaatlardan 49 foiz holatda tadbirkorlar huquqlari tiklandi

758 nafar mansabdor va mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi va 355 mln so‘m jarima qo‘llanildi.

Joriy yil 1-yarim yilligida biznes-ombudsmanga kelib tushgan 4732 ta murojaatdan 49 foiz holatda (2317 ta) tadbirkorlar huquqlari tiklangan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda biznes-ombudsman mas’ul xodimi Nozima Saidaliyeva ma’lum qildi.

Murojaatlarning 16,1 foizi soliqqa oid; 13,5 foizi yer va bino bilan bog‘liq; 12,8 foizi infratuzilma; 11,7 foiz banklar; 5,9 foizi sud va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.

Kelib tushgan murojaatlar asosida tadbirkorlar manfaatlarida 1 103 ta ta’sir chorasi qo‘llanilib, shundan davlat organlari va tashkilotlariga 83 ta taqdimnoma, 39 ta xulosa va 62 ta ogohnoma kiritildi.

Tadbirkorlik sub’yektlari manfaatida sudlarga jami 161 ta da’vo arizasi va shikoyat bilan murojaat etildi. Natijada, 20,7 milliard so‘mlik arizalar tadbirkorlar foydasiga qanoatlantirilib, ular jami 433 gektar yer maydonlariga bo‘lgan mulk huquqlari tiklandi.

Davlat organlari 758 nafar mansabdor va mas’ul shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi va 355 million so‘m jarima qo‘llanildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid