Biznes ombudsman sifatida 2017 yildan beri işlab kelgan Dilmurod Qosimov 2025 yil mart oyida boş prokuror örinbosari etib tayinlanganidan keyin, uning sobiq lavozimi vakant bölib qolayotgan edi.

Abdumannop Böriyev – parlament deputati. U tayinlovga qadar Qonunçilik palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Böriyev 1986 yilda Toşkent viloyati Bekobod şahrida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilaş oliy maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2011 yilda Adliya vazirligi Yuridik şaxslarni davlat röyxatidan ötkaziş boşqarmasi 1-toifali iş yurituvçi kotibi sifatida boşlagan. 2013–2017 yillarda Toşkent şahar adliya boşqarmasida boş maslahatçi va bölim boşliği bölib işlagan. 2019–2022 yillarda Adliya vazirligi bölim boşliği, Taşkiliy-nazorat va tahlil boşqarmasi boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2022–2025 yillarda Farğona viloyati adliya boşqarmasi boşliği bölgan.

Ma’lumot uçun, Biznes-ombudsman instituti – tadbirkorlikni rivojlantirişdagi byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va tadbirkorlar huquqiy himoyasini kuçaytiriş kabi yönalişlarda iş olib borişi nazarda tutilgan.