- Assalomu alaykum! Ma’lumki, Konstitutsiyaviy loyiha muhokamasi muddatlari bir neça marotaba uzaytirildi. Xöş, nima sababdan muhokama muddatlari bir neça marotaba uzaytirilmoqda?
- Konstitutsiyaviy loyihani birinçi marotaba umumxalq muhokamasiga qöyganimizda, biz şunaqangi salmoqli takliflarning kelişini kutmagan edik. Töğri, ayrim fuqarolarimiz takliflarini alohida huquqiy qolipga sola olmagandir, lekin ularning bergan takliflari kerak bölsa mutaxassislarni jalb qilişni talab etmoqda.
Konstitutsiyani tayyorlaş uçun birgina huquqşunos bölişning özi yetarli emas ekan. Bu jarayonda vaqti kelsa, ekolog, pedagog, tibbiyot xodimi böliş ham kerak. Çunki konstitutsiya barça sohalarni qamrab oladigan boş hujjat hisoblanadi. Şuning uçun bu jarayonga tor doiradagi mutaxassislarni jalb qilişga töğri keldi.
Deputatlarimiz joylarda 2 mingga yaqin uçraşuvlarni taşkil qilişdi. Mana şu uçraşuvlarda fuqarolarimiz deputatlarga takliflari borligi va yana yuborişlarini aytişmoqda. Koll-markazi, boşqa vositalar orqali kelib tuşayotgan murojaatlarda ham muhokamalarni davom ettirişni söraşyapti. Bularning bari qonun loyihasi muhokamasi dolzarbligini, uni davom ettiriş kerakligini körsatadi.
Bu – xalqimizning talabi, xalqimiz loyihani yanayam muhokama qilişni xohlayapti va bu töğri. Nima uçun? Konstitutsiya – mamlakatimiz, xalqimiz, millatimizning kelajagini belgilab beruvçi boş hujjat. Buni şoşma-şoşarlik bilan qabul qilib bölmaydi.
- Loyiha yuzasidan kelib tuşayotgan ön minglab takliflar qay tartibda saralab olinadi? Buni körib çiqişga Konstitutsiyaviy komissiya yoki Parlament ulguryaptimi?
- Rostini aytsam, diqqatimiz, eng katta mehnatimizni sarflayotgan masala yuzasidan savol berdingiz. Haqiqatdan, qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga çiqarilganidan beri, 87 mingdan ortiq taklif kelib tuşdi. Şunça taklif…
Mana şu takliflarni körib çiqişga Parlament quyi palatasining bitta emas, ikkita qömitasi mas’ul qilib belgilangan. Ya’ni iş hajmi katta ekanligi ilgaridan hisobga olingan.
Ikkinçidan, bizga Konstitutsiyaviy komissiya yaqindan yordam beryapti. Bilasiz, komissiyaning ikkita katta guruhi bor, ya’ni ular takliflarni yiğiş va umumlaştiriş hamda takliflarni tahlil qiliş bilan şuğullanadi. Bu guruhlar bizga juda ham yaqindan yordam beryapti, aniqroği, bir xil mazmundagi takliflarni umumlaştirib berişlari ham bizning işimizni ança osonlaştirmoqda. Yoki umuman konstitutsiyaviy islohotga aloqasi yöq bölgan ayrim takliflarni ajratib olişmoqda. Umuman, şu yöllar bilan işimizni ança yengillaştiryapti.










