Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa davlatlarining yirik IT-kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Yevropa – O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi orqali Yevropa davlatlarining yirik IT-kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishda hamkorlik qilishga kelishildi.
Foto: mitc.uz
18 iyul kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi bosh kotibi Oybek Shayxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda AKT sohasida o‘zaro hamkorlik qilish, Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi orqali Yevropa davlatlari yirik IT-kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishda hamkorlik hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida gaplashildi.

Uchrashuv davomida AKT vaziri mamlakatda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib o‘tdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash muhim ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik qilish borasidagi fikr va mulohazalari tinglandi. Kelgusida manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha masalalar gaplashib olindi.
Mavzuga oid
08:49
AQSh va Kanada shaharlari Yevropaga ko‘chirilsa, qayerga to‘g‘ri keladi?
18:11 / 30.04.2026
2025 yilda global harbiy xarajatlar rekord darajaga yetdi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
10:31 / 24.04.2026