Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 6 mlrd dollarga oshdi
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 9,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita axborotiga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 6 mlrd AQSh dollariga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 9,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda, mahsulotlar 8,3 mlrd dollar, xizmatlar 1,6 mlrd dollar olib kelgan.
Shuningdek, importga 14,6 mlrd dollar sarflangan. Bunda, mahsulotlarga 13,5 mlrd dollar ketgan bo‘lsa, xizmatlarga 1,1 mlrd dollar sarflangan.
Mavzuga oid
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
10:10 / 24.06.2026
Import hajmi qariyb 27 foizga oshdi
10:55 / 22.06.2026
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni qariyb 5 millionga yetdi
09:30 / 22.06.2026