Putin Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uç tomonlama uçraşuvda iştirok etdi, şuningdek, uşbu yetakçilarning har biri bilan alohida uçraşuvlar ötkazdi. U safari doirasida Eron diniy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy bilan beşinçi bor uçraşdi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qöllab-quvvatlovçi sözlar aynan Xominaiyning tilidan yangradi va u aslida amalda Putin aytib keladigan narrativni takrorladi. Oyatulloh mojaro boşlanişida Ğarbni aybladi va rossiyaliklar prezidentiga şunday murojaat qildi: «Agar siz taşabbusni qölga olmaganingizda, qarşi tomon öz taşabbusi bilan uruş boşlagan bölardi».

2020 yil boşidan Putin xorijiy safarlarni keskin kamaytirgan, 2022 yil fevralida Ukrainada keng kölamli uruş boşlangaç esa xalqaro taşriflarini çeklab qöygandi. Iyun oyida u fevraldan buyon ilk taşrifini amalga oşirib, Tojikiston va Turkmanistonga kelgandi.
Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi Rossiya prezidentining Eronga taşrifi Rossiya Ukrainaga bosqindan keyin naqadar yakkalanib qolganini körsatişini aytib ötdi.
Taşrifning ilk mevalarimi?

Vladimir Putinning Tehronga taşrifi fonida Rossiyaning «Gazprom» va Eron milliy neft kompaniyasi NIOC örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi va 40 mlrd dollarlik bitim tuzildi, bu bitim ikkita gaz va oltita neft konlarini özlaştirişni nazarda tutadi.
Bitim «Gazprom» raisi örinbosari Vitaliy Markelov hamda NIOC rahbari Muhsin Xoystemir iştirokidagi virtual marosimda onlayn-rejimda tuzilgan.
Rejalaştirilgan loyihalar qatoriga Kiş va Şimoliy Pars gaz konlarini özlaştiriş, suyultirilgan gaz yetkazib beriş böyiça avval boşlangan loyihalarni yakuniga yetkaziş hamda eksport uçun gaz quvurlari quriş böyiça loyihalar ham kiradi.
Eron tabiiy gaz zaxiralari böyiça dunyoda Rossiyadan keyingi ikkinçi örinda turadi, ammo Amerika sanksiyalari rasmiy Tehronga ularni qazib oliş uçun yangi texnologiyalardan foydalanişga imkon bermaydi va gaz eksportini rivojlantirişga xalal beradi.
Oli Xominaiy Vladimir Putin bilan uçraşuvda Moskva bilan energetik hamkorlikni mustahkamlaşga çaqirdi.
«Sanksiyalarga könikkanlar»
Ekspertlarning hisoblaşiça, mazkur taşrif köp yillar davomida Ğarb sanksiyalari ostida qolgan va Moskvaning kam sonli ittifoqçilaridan biri bölgan Eron bilan aloqalarni çuqurlaştiriş imkonini beradi.
Avvalroq Kreml rasmiysi Dmitriy Peskov Rossiya va Eron sanksiyalarga könikkanini aytib ötdi. «Eron köp yillardan buyon u yoki bu turdagi sanksiyalar ostida bölib kelgan va Eron rivojlaniş, öz xalqi farovonligini oşirişga yaxşi moslaşgan», degan u.

Keyingi haftada Ğarb davlatlari elçilari sanksiyalarning yangi paketini tasdiqlaş uçun yiğiladi. Bu vaqtda, Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning aytişiça, Moskva va Tehron yangi davlatlararo kelişuv loyihasi ustida işlamoqda.
Eron dronlari
Putin Eronga taşrifini Tehronning Rossiyaga yuzlab uçuvçisiz uçiş qurilmalari, jumladan, jangovar maqsadlarda qöllanadigan dronlar yetkazib berişni rejalaştirayotgani haqidagi xabarlar fonida amalga oşirmoqda. AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Rossiya delegatsiyasi ötgan oyda Eronga kelib zarbdor dronlar bilan tanişgani haqida aytgandi.
«Eron hukumati Rossiyani tezkor ravişda bir neça yuztagaça uçuvçisiz uçiş qurilmalari, jumladan, qurol olib yurişga qodir bölgan jangovar apparatlar bilan ta’minlaşga tayyorlanmoqda. Bizning ma’lumotlarimiz yana şuni körsatadiki, Eron rossiyalik harbiylarni bunday uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan foydalanişga örgatmoqçi», degan u.
Köp ötmay Eron taşqi işlar vaziri Husayn-Amir Abdulloxiyon Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida uning mamlakati Ukrainada eskalatsiya keltirib çiqaruvçi har qanday harakatdan, jumladan qurol yetkazib berişdan tiyilişini ma’lum qildi. «Rossiya bilan mudofaa sohasida kelişuvlar bor, ammo biz bu mojaroning heç bir iştirokçisiga yordam bermaymiz», degan u.
Peskov Putinning Tehronga taşrifi çoğida dronlar mavzusi muhokama qilinişi ehtimoli borasidagi savolga javob qaytarişdan boş tortgandi. Sallivan AQŞ Rossiyaga allaqaçon eronliklarning dronlari yetib borgan yoki yetib bormaganidan bexabar ekanini aytgandi.
Uçraşuv iştirokçilari Eronning Rossiyaga qurol yetkazib berişi borasida heç qanday bayonot bermadi.
Oq uyda ma’lum qilişlariça, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Eronga taşrifi Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi Ukrainadagi «maxsus amaliyot»ni davom ettirişda qiyinçiliklarga duç kelayotganini körsatadi. «Şu bilan birga, AQŞda Eronning Rossiyaga dronlar yetkazib bergani borasida aniq dalillar yöq», degan Jon Kirbi.
Suriyadagi vaziyat
Uç mamlakat yetakçilari Suriyadagi uzoq vaqt davom etayotgan uruşni ham muhokama qilişgan, bu hududda Eron va Rossiya Suriya prezidenti Başar Asadni, Turkiya esa şimoldagi isyonçilarni qöllab-quvvatlaydi.
Uç mamlakat ham «terrorçi tuzilmalarni uzil-kesil yöq qiliş uçun hamkorlikni davom ettiriş borasidagi qat’iyati»ni yana bir bor tasdiqladi.
Erdöğan «terrorizmga qarşi kuraş»da Rossiya va Eron tomonidan qöllab-quvvatlov kutişini aytib ötdi.
Turkiya Suriya şimolidagi AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanadigan kurdlarga qarşi yangi amaliyot boşlaş bilan tahdid solmoqda, Eron va Rossiya ham kurd tuzilmalariga qarşi pozitsiyada. Bunday amaliyot Erdöğanning Turkiya va Suriya çegarasida 30 kilometrlik xavfsizlik zonasi yaratiş böyiça rejasining bir qismi sanaladi.
Ötgan haftada BMT Xavfsizlik kengaşi olti oyga Suriyaning isyonçilar tomonidan nazorat qilinadigan hududlariga transçegaraviy yordam yetkazib berişni ma’qulladi, bungaça Rossiya bir yillik muddat böyiça taklifni bloklagandi.
Ğalla
«Ukraina ğallasini eksport qiliş masalasi muhokama qilinadi, bu borada faol iş olib borilmoqda», degan Rossiya prezidenti yordamçisi Uşakov.
24 fevral kuni boşlangan bosqindan keyin ukrain ğallasi eksporti hajmi keskin qisqardi, çunki Qora dengizdagi portlar, xususan, Odessa va Mikolayivdagi portlardan çiqiş yöli tösilgandi, Azov dengizi sohillaridagi portlar esa Rossiya nazoratiga ötdi. Ğarb ekspertlari baholariga köra, Odessa va uning atrofidagi hududlarda 20 mln tonna ğalla töplanib qolgan, bu vaqtda esa dunyoga oziq-ovqat inqirozi tahdid solmoqda.
Şu kunlarda Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Oqar tomonlar buğdoy taşiş yönalişlari xavfsizligini ta’minlaş böyiça kelişib olganini ma’lum qilgandi. «Umid qilamizki, ğalla va oziq-ovqat muammosi imkon qadar tez fursatda hal qilinadi. Turkiya, RF, Ukraina va BMT vakillarining keyingi haftadagi uçraşuvida tegişli hujjat rasmiylaştirilişi mumkin», degandi u. Bunday uçraşuvlarning birinçisi 13 iyul kuni Istanbulda ötkazildi.
Şaxsi sir qolişi şarti bilan BBC muxbiriga intervyu bergan ğarblik amaldorlar muzokaralar «işbilarmonlik ruhida» ötgani, ammo qarorni Putinning Erdöğan bilan Tehronda uçraşuvi böladigan 19 iyuldan oldin kutmaslik kerakligini aytgandi.
Tehronda Vladimir Putin Rossiya va Turkiya 13 iyul kuni Istanbulda ötkazilgan muzokaralar natijalaridan qoniqiş hosil qilganini aytdi.
«Men sizga vositaçilik böyiça sa’y-harakatlaringiz uçun minnatdorçilik bildirişni istayman. Biz ilgarilamoqdamiz», degan Putin Erdöğanga va hali barça masalalar hal etilmaganini qöşimça qilgan.
Rossiya prezidenti muzokaralardan söng ba’zi davlatlarda oçarçilikka olib kelişi mumkin bölgan Ukraina ğallasi eksportiga tösiqlar bekor bölişi uçun Ğarb Ukrainaga bosqin tufayli joriy etgan sanksiyalarni qisqartirişi lozimligini aytib ötdi.
Reuters agentligi YeI Rossiyadagi ayrim banklarga qarşi qöllangan sanksiyalarni yumşatmoqçi bölayotgani haqida xabar berdi. Agentlik ma’lumotiga köra, Yevroittifoq VTB, Sovkombank, Novikombank, Promsvyazbank, VEB, «Otkrytiye» va hatto Putinga yaqin şaxslar tomonidan nazorat qilinadigan «Rossiya» bankining muzlatilgan mablağlaridan taqiqni yeçişi mumkin.
Turkiya va Eron iştirokidagi navbatdagi uç tomonlama sammit Rossiyada ötkaziladi.













