Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomnadzor qidiruv tizimlariga Wikimedia’ni qonunbuzar deb belgilab qo‘yishni buyurdi
«Vikipediya» Rossiyada allaqachon 5 million rubl jarimaga tortilgan, ammo Roskomnadzor talab qilganidek, maqolalarni olib tashlamagan. Endi qidiruv tizimlari Wikimedia Foundation Rossiya qonunlarini buzayotgani haqida xabar berishi kerak bo‘ladi.
«Vikipediya» Rossiya hukumati «Ukrainadagi urush haqidagi feyklar» deb baholagan bir qator materiallarni o‘chirishdan bosh tortgani sababli Roskomnadzor (RKN) qidiruv tizimlariga onlayn ensiklopediya ishini qo‘llab-quvvatlovchi Wikimedia Foundation’ni Rossiyada qonunbuzar deb belgilashni buyurdi. Bu haqda idoraning 20 iyul, chorshanba kuni chop etilgan xabarida aytiladi.
«Wikipedia internet-resursida (Wikimedia Foundation, Inc.’ga tegishli) taqiqlangan deb tan olingan bir qator materiallar, jumladan, Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilayotgani haqidagi feyklar o‘chirilmagan», — deyiladi Roskomnadzor ma’lumotida.
Xabarda qayd etilishicha, internet-kompaniyaga nisbatan ko‘rilgan choralar Rossiya qonunchiligi buzilishi to‘liq bartaraf etilmaguncha o‘z kuchida qoladi.
Rossiyada Wikimedia Foundation «noqonuniy ma’lumotni» olib tashlamagani uchun bir necha bor ma’muriy javobgarlikka tortilgan, kompaniyaga jami 5 million rubl miqdorida jarima belgilangan. 3 million rubl miqdoridagi jarimalardan biriga Ukrainadagi harbiy amaliyotlar haqida «noto‘g‘ri ma’lumot» berilgan yettita maqola e’lon qilingani sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, sud Wikimedia’ni portlovchi moddalar - porox ishlab chiqarish haqidagi ikkita maqola uchun 2 million rubl miqdorida jarimaga tortdi.
Mavzuga oid
21:45 / 24.02.2026
Pavel Durovga Rossiyada «terrorizmga ko‘maklashish» bo‘yicha jinoiy ish ochildi
16:45 / 10.02.2026
Rossiyada Telegram ishlashini «sekinlashtirish» boshlandi
15:27 / 17.01.2026
Roskomnadzor Telegram’ni qisman bloklamoqda
14:21 / 13.01.2026