Hukumat Rossiyada Telegram messenjerini «sekinlaştiriş» böyiça işlarni boşlaşga qaror qildi, deb xabar bermoqda RBK naşri soha va tegişli idoralardagi manbalarga tayanib.
Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, «Roskomnadzor» (Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça federal xizmat) 10 fevral kuni messenjer faoliyatini qisman çeklaşni rejalaştirgan. Manbalardan biri allaqaçon «sekinlaştiriş çoralari» qöllanayotganini aytgan.
«Roskomnadzor» bu borada hozirça rasmiy izoh bermadi.
Rossiyadagi foydalanuvçilar ikkinçi kundirki Telegram faoliyatidagi uzilişlardan şikoyat qilmoqda.
Davlat dumasining axborot siyosati böyiça qömitasi rahbari örinbosari Aleksandr Yuşçenkoning aytişiça, Telegram’ni sekinlaştiriş masalasi parlamentda muhokama qilinmagan. Deputat «Roskomnadzor» qonunçilik bazasi böyiça messenjerga e’tirozlari bölsa, bloklaşga haqli ekanini qöşimça qildi.
Rossiyada 2018 yil aprel oyida messenjer Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga foydalanuvçilar xabarlarini deşifrlaş kalitlarini topşirişdan boş tortgani sababli Telegram’ga kirişga çeklovlar joriy etilgan edi. 2020 yil iyun oyida «Roskomnadzor» Telegram asosçisi Pavel Durov «terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş»ga tayyorligini e’lon qilganini aytib, bloklaş talablaridan voz keçgan.
2025 yil avgustida «Roskomnadzor» Telegram va WhatsApp orqali qönğiroqlarni çeklagandi. Idora bu messenjerlar «teraktlar uyuştiriş hamda terrorçilarni yollaş, şuningdek, rossiyaliklarga qarşi firibgarlik va boşqa turdagi jinoyatlarni amalga oşiriş uçun foydalanilayotgani»ni iddao qilgandi.
2025 yil dekabr oyi oxirida OAV WhatsApp’ning işlaş tezligi Rossiyada 70-80 foizga pasaygani haqida yozdi. Öşanda «Roskomnadzor» messenjerga nisbatan «çeklov çoralarini izçil joriy etişda davom etayotgani»ni ma’lum qilgandi. Yanvar oyida idora Telegram’ga qarşi çeklovlar qöyişni boşlagani haqida xabarlar paydo böldi, ammo öşanda bu ma’lumot rasman rad etilgandi. Davlat dumasidagilar Telegram messenjeri RF hukumati bilan yetarli darajada hamkorlik qilmagani sababli sekinlaştirilayotganini aytişgandi.













