Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat qiluvçi federal xizmat — Roskomnadzor (RKN) Telegram’ni qisman bloklamoqda. Bu haqda “Moskva 24” telekanali juma kuni, 16 yanvarda manbaga tayanib xabar qildi. Foydalanuvçilar messenjerda videolar sekin yuklanayotgani va ilova işida uzilişlar bölayotganidan şikoyat qilmoqda.
“Ha, bu RKN tomonidan joriy etilgan yangi çeklovlar”, — deya ta’kidlagan manba.
Şu bilan birga, Davlat dumasining axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqa masalalari qömitasi raisi örinbosari Andrey Svinsov Telegram RF hokimiyati bilan “hamkorlik qilayotgani”ni aytib, uni töliq bloklaş kutilmayotganini bildirdi.
“Şunga qaramay, talablarning butun majmuasini bajariş kerak. Masalan, hali ham turli bemaza gaplarni yozadigan, faktlarni buzib körsatadigan anonim Telegram-kanallar bor. Rossiya hududida bu kanallar unçalik tezkorlik bilan bloklanmayapti”, — dedi Svinsov “Radiotoçka NSN”ga. “Telegram faolroq reaksiya qilişi kerak”, — deb qöşimça qildi u.
2025 yil avgust oyida Roskomnadzor messenjer orqali qönğiroqlarni çeklagan edi. Hokimiyat bu çeklovlarni messenjer göyoki “tovlamaçilik, RF fuqarolarini diversion va terroristik faoliyatga jalb qiliş” uçun maydon taqdim etayotgani bilan izohlagan.
Keyinroq, 2025 yil 28 noyabr kuni RKN boşqa bir messenjer — WhatsApp agar Rossiya qonunlari talablarini bajarmasa va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikni yölga qöymasa, töliq bloklanişi haqida ogohlantirgan. 22 dekabrdan boşlab RFdagi foydalanuvçilar ilovadagi muammolar kuçayganidan şikoyat qila boşlagan. WhatsApp işi 70–80 foizgaça sekinlaştirilgan bölişi mumkin. Svinsov, şuningdek, messenjer 2026 yilda töliq bloklanişini aytdi.













