Roskomnadzor Rossiyada Roblox öyin platformasini blokdan çiqariş uçun asos körmayapti. Bu haqda duşanba kuni, 12 yanvarda TASS agentligi idora bayonotiga tayanib yozdi. “Hozirgi paytda Roblox platformasini blokdan çiqariş uçun asoslar yöq”, — deb iqtibos keltiradi jurnalistlar Roskomnadzor vakillaridan.

Amerika internet-xizmati Roblox’ga Rossiyada 2025 yil dekabrida kiriş çeklangan. Rossiya hokimiyati fikriça, uşbu platforma orqali “ekstremistik va terroristik faoliyatni tarğib qiliş va oqlaş”ni öz içiga olgan materiallar tarqatilgan.

2025 yil dekabrida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida bölgan “Xavfsiz internet ligasi” rahbari Yekaterina Mizulina bolalardan kelgan xatlar haqida gapirgan edi — ular Roblox va boşqa internet resurslari bloklanganidan keyin Rossiyadan ketiş istagi paydo bölganini yozgan. U Telegram’dagi postiga bolalar va ösmirlardan kelgan Roblox’ni oçib beriş (blokdan çiqariş) haqidagi iltimoslarni ham ilova qilgan.

Roblox’ni bloklaş ehtimoli haqida Roskomnadzor 2025 yil noyabr oyidayoq bayonot bera boşlagan. Şu bilan birga, idora “bolalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanişiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan nomunosib kontent” borligini qayd etgan. RKN vakillari şuningdek, 2019 yildan beri platforma ma’muriyatiga “taqiqlangan materiallarga kirişni çeklaş talabi qöyilgan ogohlantirişlar” muntazam yuborib kelinganini bildirgan.

“Roblox monitoringi platformada paydo bölayotgan materiallar xavfsizligini yuz foiz ta’minlay oladigan içki moderatsiya tizimi imkoniyatsizligini bir neça bor tasdiqladi”, — deb ta’kidlagan öşanda Rossiya regulyatori.

RKN ma’lumotlariga köra, AQŞda işlab çiqilgan onlayn platforma regulyator talabiga binoan 2025 yil yanvar va iyul oylarida Rossiya qonunçiligini buzgan loyihalarni öçirgan. Xususan, “nomlarida ingliz tilida qisqartma bor” serverlar, şuningdek ayrim “ramzlar mavjud bölgan uçta material” öçirilgan.