Germaniya «Gazprom»dan gaz yetkazib berishni to‘liq qayta tiklashni talab qildi
21 iyul kuni «Shimoliy oqim» gaz quvurida profilaktik ta’mirlash ishlari yakunlanadi. «Gazprom» Yevropaga yetkazib berishni qanchaga oshirishi haqidagi savol ochiqligicha qolmoqda.
Germaniya hukumati «Shimoliy oqim» gaz quvurida ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng Germaniyaga muntazam gaz yetkazib berishni tiklashni talab qilmoqda. 20 iyul, chorshanba kuni tarqatilgan federal hukumat matbuot va axborot boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, Berlin «Gazprom»dan texnik xizmat ko‘rsatish tugagandan so‘ng konsern gazni to‘liq yetkazib berishini kutmoqda. Germaniya hukumati rasmiy vakili o‘rinbosari Kristiane Xoffman Rossiya konsernining shartnoma majburiyatlariga ishora qildi. Berlin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning gaz yetkazib berish haqidagi bayonotlariga izoh berishdan bosh tortdi.
Rossiya davlati rahbari «Gazprom» Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargani, bajarayotgani va bajarishda davom etish niyatida ekanini aytdi. Bundan tashqari, u gaz yetkazib berish hajmini oshirish uchun «Shimoliy oqim 2» quvurini ishga tushirishga tayyorligini bildirdi.
«Shimoliy oqim 1» 11 iyuldan beri ta’mirlanmoqda. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya gazini u orqali Yevropaga yetkazib berish 21 iyuldan keyin qayta tiklanadi, ammo to‘liq hajmda bo‘lmaydi. «Gazprom» 11 iyulgacha bo‘lgan darajaga qaytadi», - dedi agentlik suhbatdoshlaridan biri. O‘shanda Rossiya konserni gaz ta’minotini rejalashtirilgan quvvatning 40 foizigacha qisqartirgandi. «Gazprom» buni Siemens’ning Kanadada ta’mirlanayotgan va «Portovaya» kompressor stansiyasiga mo‘ljallangan turbinasi qaytarilmagani bilan izohladi.
Gascade tarmog‘i operatori «Shimoliy oqim 1» quvuri orqali gaz yetkazib berish rejalashtirilgan texnik ishlar tugagandan so‘ng qayta tiklanishini kutmoqda. Buni 20 iyul kuni tushdan keyin Gascade’ning dastlabki ma’lumotlari tasdiqladi. Gascade Lubmindagi (Meklenburg- Old Pomeraniya yeri) ikkita «Shimoliy oqim» tarqatish punktlarining operatori hisoblanadi. Gascade ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki punktga gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Tegishli arizalar katta hajmlarni tashish uchun shartdir, deya tushuntirdi operator vakili. Biroq, arizalarning mazmuni haqiqiy yetkazib berishdan biroz oldin o‘zgarishi mumkin.
Turbina Rossiyaga o‘z vaqtida yetkazib beriladi, yetkazib berish jarayonidan, 21 iyulda texnik xizmat ko‘rsatish tugagandan so‘ng, Yevropaga gaz yetkazib berishni davom ettirmaslik uchun bahona sifatida foydalanish mumkin bo‘lmaydi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Bryusselda ma’lum qildi. «U (turbina) allaqachon tranzit bilan ortga qaytyapti, shuning uchun gaz bermaslik uchun hech qanday bahona bo‘lmaydi», dedi u. Shu bilan birga, qo‘shimcha qilinishicha, boshqa «Shimoliy oqim 2» gaz quvuri sertifikatlanmagan va undan foydalanish mumkin emas.
Ayni paytda, «Kommersant’»ning yozishicha, turbinani yetkazib berish va ishga tushirish yana 9-12 kun davom etadi.
Germaniya Iqtisodiyot vazirligi turbina bilan bog‘liq vaziyatni «Gazprom» uchun gaz ta’minotini qisqartirishga bahona deb atadi va Rossiya konsernini bunday bahonadan mahrum qilish niyatida ekanini e’lon qildi. Vazirlik, shuningdek, «Shimoliy oqim 2»ni sertifikatlash yo‘qligi sababli ishga tushirib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:00 / 04.10.2024
«Gazprom» Rossiyada eng zarar ko‘rgan kompaniyalar ro‘yxatini boshqaryapti
07:30 / 30.09.2024
«Gazprom neft» O‘zbekistonda yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurishi mumkin
21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi
20:34 / 29.08.2024