Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida yuk mashinasi va Damas to‘qnashdi. 4 kishi halok bo‘lgan
Tunda Qamchiq dovonida yonilg‘i tashuvchi yuk mashinasi va Damas to‘qnashib ketishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.
Foto: Namangan IIB
21 iyul kuni soat 00:05 atrofida A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 222-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
IIB xabarida aytilishicha, Farg‘ona vodiysidan Toshkentga qarab harakatlanib ketayotgan MAN rusumli yonilg‘i tashuvchi yuk avtomashinasi (davlat raqami 40 Q 486 XA, tirkama raqami 40 AA 7422), qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, Damas avtomashinasi (davlat raqami 40 Q 943 WA) bilan to‘qnashgan.
Oqibatda hodisa joyida yong‘in yuzaga kelib, transport vositalari yonib zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lgan hududda Nexia avtomashinasiga ham texnik shikast yetgan.

Namangan viloyati YHXB «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, MAN yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi ichidagi ikki nafar va Damas ichidagi yana ikki nafar fuqaro vafot etgan.
Hodisa tafsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda
Mavzuga oid
15:05
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
08:46 / 18.05.2026
Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi
17:57 / 17.05.2026