Ertoshdan Kelinchaksoygacha – Chotqol tog‘ tizmasidan suratlar fotojamlanmasi
Vodiy viloyatlarini respublikaning boshqa viloyatlari bilan bog‘lab turuvchi Kamchiq dovonida Ertosh qishlog‘i bor. Shu qishloqdan tog‘ oralab yurib borar ekansiz, oxiri Arashan bulog‘i va ko‘llariga yetib borasiz.
Shu yo‘lning Kelinchaksoy deb ataluvchi qismigacha bo‘lgan hududdagi go‘zal tabiat va u yerda faoliyat olib borayotgan cho‘pon-u yilqichilarni Kun.uz muxbiri kamera obektiviga muhrladi.
Qariyb 30 km tog‘ oralab kirilar ekan, yo‘lning yomonligi sabab bu yerdan faqat maxsus mashinalar harakatlanadi xolos. Bundan tashqari yo‘lning yarmidan boshlab mobil aloqa umuman ishlamaydi. Bu yerda o‘zingizni dunyodan uzilib qolgandek his qilasiz, lekin tabiatning go‘zalligi, havo haroratining salqinligi, kechasi tushadigan sovuq insonga o‘zgacha huzur bag‘ishlaydi.
Shahar shovqini, jazirama issiqni bir zumda unutasiz. Tog‘ cho‘qqilarida qor turishi ham bu yerda ob-havo qanday ekanidan darak beradi.
Suratlar muallifi – Tohirjon Tursunov
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi
14:57 / 05.11.2024