Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London: Rossiya maxsus raketalar yo‘qligi sababli HHM tizimini quruqlikdagi nishonlar uchun ishlatyapti
HHM raketalari yerusti nishonlariga qarshi foydalanish uchun optimallashtirilmagan, shuning uchun ular tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelishi ehtimoli yuqori, deya ma’lum qildi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi.
Foto: Getty Images
Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, quruqlikdagi hujumlar uchun maxsus raketalarning keskin tanqisligi sababli, Rossiya armiyasi ushbu maqsadlar uchun ikkilamchi hujum rejimida havo hujumidan mudofaa raketalaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda. «Ushbu qurollar mo‘ljallangan nishonlarga tegmasligi va tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelishi ehtimoli yuqori, chunki ushbu raketalar bu rol uchun optimallashtirilmagan, ekipajlar esa bunday missiyalarga yetarli darajada tayyorlanmagan», deya ma’lum qildi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 22 iyul, juma kuni Twitter’da.
Keyinchalik ta’kidlanishicha, Rossiya urushning boshidanoq S-300 va S-400 strategik HHM tizimlarini Ukraina yaqinida «aniq» joylashtirdi, ular uzoq masofalardagi samolyotlar va raketalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. «Bu qurol samolyotlarni yo‘q qilishda ishlatiluvchi nisbatan kichik jangovar kallaklarga ega. Ular ochiq va yengil binolardagi qo‘shinlar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin, ammo mustahkam tuzilmalarga kirib borishi dargumon», deya qayd etgan idora.
London, shuningdek, 21 iyul kuni Mikolaiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim Rossiya qo‘shinlari oblast infratuzilmasi, energetika obektlari va omborlarini yo‘q qilish uchun yettita zenit-raketa majmuasidan foydalangani to‘g‘risida ma’lum qilganini eslatdi.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
11:57 / 31.12.2025
Aksionist Pavel Krisevich ozodlikka chiqdi va Rossiyani tark etdi
11:16 / 31.12.2025