Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh birinchi yarim yillikda dunyodagi eng yirik suyultirilgan gaz eksportyori bo‘ldi
Eksport qilingan gazning 71 foizi YeI va Buyuk Britaniyaga jo‘natilgan. Yevropa import qilgan suyultirilgan tabiiy gazning 47 foizi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Bloomberg
AQSh 2022 yilning birinchi yarim yilligida eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz eksportyori bo‘ldi. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, oxirgi olti oyda AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz eksporti sutkasiga 11,2 mlrd kub futga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga ko‘p.
«AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz eksporti o‘sishiga uchta narsa sabab bo‘ldi: eksport quvvatining oshishi, dunyoda tabiiy gaz narxining ko‘tarilishi va dunyoda, ayniqsa, Yevropada talabning oshishi»,— deyiladi hisobotda.
Eksport qilingan gazning 71 foizi YeI va Buyuk Britaniyaga jo‘natilgan. Yevropa import qilgan suyultirilgan tabiiy gazning 47 foizi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Qatar (15 foiz), Rossiya (14 foiz) va Afrika mamlakatlari (17 foiz) joylashgan.
Mavzuga oid
11:02 / 04.04.2026
Tramp FTB direktorini ishdan olish haqida o‘ylamoqda
09:18 / 04.04.2026
Tramp 1,5 trln dollarlik harbiy budjetni talab qildi
09:11 / 04.04.2026
Eron: AQSh Yaqin Sharqda yana bir jangovar samolyotini yo‘qotdi
13:13 / 03.04.2026