O‘zbekiston | 11:22 / 25.07.2022
9651
1 daqiqa o‘qiladi

Hokim yordamchilari tomonidan 6 oyda qancha fuqaro daromadli ish bilan ta’minlangani aytildi

Hokim yordamchilari tomonidan yanvar-iyun oylarida 1,4 mln fuqaro daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Dilfuza Avloqulova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 177 mingta loyihaga jami 4,4 trln so‘m imtiyozli kredit va 24 mingdan ortiq ishsizga 60 mlrd so‘m subsidiya ajratildi, 128 ming nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.

Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 25 mingdan ortiq "mahallabay" mikroloyihaning 9,5 mingtasi ishga tushirilib, 47 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.

“Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida 3 051 ta ixtisoslashgan mahallalardagi 632 mingta aholi xonadonidagi 79 ming gektar yer maydonlaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid