Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda hunarmandchilik mikromarkazlari tashkil etiladi
“Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Jami 421 ta mahallada yuridik shaxs maqomiga ega sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlar tashkil etiladi.
Mikromarkazlarni tashkil qilish uchun davlat mulki obektlari va yer quyidagi shartlar asosida tadbirkorlarga 5 yil muddatga ijaraga beriladi:
o‘z mablag‘lari hisobidan obektni rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash yoxud yer uchastkasida bino-inshootlarni qurish;
mikromarkazda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 10 ta yoki chorvachilik yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 ta ish o‘rnini yaratish va ta’minlab borish.
Mikromarkazlar foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga tashkil etilgan mikromarkazlar obektlari va ular joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026