Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norov Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanishi muhimligini bildirdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Toshkentda o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyadagi ma’ruzasida Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashning nechog‘li muhim ekanligini qayd etdi.
Foto: Kun.uz
“Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarning olib tashlanishi afg‘on iqtisodiyotini tiklash, muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish hamda bugungi kunda ushbu do‘st mamlakat xalqi oldida turgan o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etishning asosiy omillaridan biridir”, dedi Vladimir Norov.
Bundan oldin Vladimir Norov Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni ma’lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaqqat hukumat tomonidan xalqaro hamjamiyat asosiy talablari, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va milliy ozchiliklar, afg‘onlarning to‘la huquqli maktab ta’limiga qabul qilinishi bo‘yicha zudlik bilan amalga oshirilishini kerak bo‘lgan vazifalar bor.
Bildirilishicha, bu butun afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir.
Mavzuga oid
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026