O‘zbekiston | 09:25 / 26.07.2022
6534
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Norov Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni ma’lum qildi

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov o‘z ma’ruzasida Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab o‘tdi. 

“Muvaqqat hukumat tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari, jumladan, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va milliy ozchiliklar, shuningdek, afg‘onlarning to‘la huquqli maktab ta’limiga qabul qilinishi bo‘yicha zudlik bilan amalga oshirilishini kerak bo‘lgan vazifalar ta’kidlandi. Bu butun afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir”, dedi O‘zbekiston TIV rahbari.

Anjumanda Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar, BMT va uning nizom organlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti rahbarlari, xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, birinchi marta tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy boshchiligida Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etyapti.

Tadbirda jami 100 ga yaqin xorijiy delegatsiyalar ishtirok etadi. Unda delegatsiyalar rahbarlarining chiqishlari rejalashtirilgan. Uning doirasida Afg‘onistonni rivojlantirish va xalqaro jarayonlarga integratsiyalashuviga qaratilgan, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar taqdimoti ham tashkil etiladi:.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid