Jahon | 19:42 / 27.07.2022
5722
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada temiryo‘lchilar ish tashlash e’lon qildi 

27 iyul kuni tashkil etilgan aksiyada Network Rail temiryo‘l operatori va yana 14 kompaniyada ishlaydigan 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.  

Foto: James Manning/PA via AP

Buyuk Britaniyada temiryo‘l sohasi xodimlarining ommaviy ish tashlashi boshlandi.

27 iyul kuni tashkil etilgan aksiyada Network Rail temiryo‘l operatori va yana 14 kompaniyada ishlaydigan 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi

Ular oylik maoshlari oshirilishini talab qilmoqda. Kasaba uyushmalari bilan muzokara o‘tkazgan kompaniyalar maoshlarni yil oxirigacha 4 foizga oshirishni taklif qildi.

Agarda tomonlar kelishuvga erisha olmasa, 30 iyul, 18, 19 va 20 avgust kunlari yana ish tashlashlar o‘tkaziladi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid