Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar hududlari rahbarlari yig‘iladi
Joriy yilning 3-4 avgust kunlari Toshkentda O‘zbekistonning Shanhay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida hududlar rahbarlari forumi bo‘lib o‘tadi.
Forumning asosiy maqsadi ShHTga a’zo davlatlar e’tiborini turizm, madaniyat va qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish masalalariga jalb etishdan iboratdir.
Ikki kunlik tadbir dasturi yalpi majlis va uchta munozaralar sessiyasi, tashkilotga a’zo mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan biznes-forumni o‘z ichiga oladi.
Munozaralar sessiyasida ishtirokchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma yuqori texnologik loyihalar, qishloq xo‘jaligi sohasida, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, turizm va transport logistikasi sohasidagi hamkorlikka e’tibor qaratiladi.
Mavzuga oid
12:35 / 09.07.2026
I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ishtirokchilari 10 ta global tashabbusni ilgari surdi
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026