Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari bilan uchrashdi
2022 yil 26 iyul kuni «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari Markus Potsel bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT va uning institutlari, xususan, YuNAMA bilan o‘zaro hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
V.Norov BMT barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos keladigan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Afg‘onistondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi. M.Potsel prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusini yuqori baholadi. Anjuman afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakat iqtisodiyotini tiklash masalalari bo‘yicha xalqaro hamjamiyat umumiy yondashuvlarini ishlab chiqish uchun muhim asos yaratadi.
Bu galgi konferensiya O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishdagi muhim va o‘zgarmas rolini yana bir bor tasdiqlab, O‘zbekiston tomonining Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy tiklashga qo‘shgan hissasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilganidan dalolat berishi ta’kidlandi.
YuNAMA rahbari Toshkent forumi jahon hamjamiyatining asosiy talablarini afg‘on hukumati tomonidan bajarilishi bo‘yicha samarali xalqaro muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026