Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya davlat qarzi pandemiyada rekord darajaga ko‘tarildi
Germaniya federal, hududiy va munitsipal budjetlari, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarining qarzi 2021 yil yakuniga ko‘ra 6,8 foizga oshib, 2321,1 milliard yevroni tashkil qildi, deya xabar bermoqda Federal statistika idorasi.
Pandemiya davrida Germaniyaning davlat qarzi rekord darajaga ko‘tarildi. 2021 yil oxirida federal, hududiy va munitsipal budjetlar, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarining qarzi jami 2321,1 milliard yevroni tashkil etdi, deb xabar berdi Federal statistika boshqarmasi 28 iyul, payshanba kuni Visbadenda oxirgi yil uchun ma’lumotlarni e’lon qilib.
Shu bilan birga, davlat qarzi yil davomida 6,8 foizga (148,3 milliard yevro) o‘sib, tegishli statistik ma’lumotlarda qayd etilgan eng yuqori darajaga yetdi, deya ta’kidlaydi agentlik. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, davlat qarzining o‘sishi, ayniqsa federal darajada, birinchi navbatda, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari bilan bog‘liq.
2021 yil oxirida federal qarz 1548,5 milliard yevroni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 10,3 foizga (145 milliard yevro) ko‘pdir. Federal yerlarning umumiy qarzi 0,4 foizga (2,5 milliard yevro) oshib, 638,5 milliard yevroga yetdi. O‘tgan yil oxirida munitsipal budjetlarning umumiy qarzi 134,2 milliard yevroni tashkil etdi, bu 2020 yil oxiriga nisbatan 0,6 foizga (0,8 milliard yevro) ko‘pdir. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarining qarzi o‘tgan yil oxirida 45 million yevroni tashkil etdi, ya’ni 2020 yilga nisbatan bir million yevroga ortiq.
2021 yil uchun davlat qarzining yakuniy ko‘rsatkichlari mart oyida e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlardan ham yuqori. Uning umumiy miqdori Germaniyaning har bir fuqarosiga hisoblab chiqilganda 27 922 yevroni tashkil etadi, deyiladi idora xabarida.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026