Professorga köra, dunyoda faqat Sobiq Sovet davlatlarining ayrimlaridagina saqlanib qolayotgan organ – Oliy attestatsiya komissiyasi bugun ta’lim rivojiga emas, uning ortga ketişiga xizmat qilmoqda.

“Janubiy Koreya yoki yon qöşnimiz Qozoğistonda örta maxsus, test markazi, oliy ta’lim va ta’lim inspeksiyalarini birlaştirgan yagona vazirlik bor.

Ta’lim tizimida yagona vazirlik misolini Finlandiya, Fransiya yoki Amerika Qöşma Ştatlarida ham körişimiz mumkin.

Öylaşimça, Oliy attestatsiya komissiyasini Oliy ta’lim vazirligi bilan integratsiya qiliş kerak. Umuman, vazirlik atrofidagi barça taşkilot va inspeksiyalarni vazirlik bilan integratsiya qiliş kerak.

Bu taşkilotlarning alohida-alohida bölişi qöşimça energiya, resurs sarflanişi va taşkilotlar örtasidagi kelişmovçiliklar yoki byurokratiyaga sabab böladi.

Hozir raqamli dunyoda yaşayapmiz. Lekin bizda ayrim masalalar böyiça qaror oliş uçun ba’zan oylab kutiş kerak. Şunday ekan, men aytgan taşkilotlarning barçasi Oliy ta’lim vazirligi qoşidagi departamentga aylanişi kerak.

Masalan, men bundan uç yillar avval Oliy attestatsiya komissiyasining Boloniya jarayoni haqidagi tuşunçalari haqida maqola yozgandim.

Boloniya jarayoni — Yevropa mamlakatlari orasida oliy ta’limni uyğunlaştiriş jarayonidir. Bu tuşuniş oson bölgan va öxşaş darajalar (malakalar) tizimini yaratişni, ta’limning kredit tizimiga ötişni, ta’limning sifatini ta’minlaşda erkin akademik harakatlanişni va Yevropadagi ta’lim hamkorligini öz içiga oladi. Qisqa qilib aytganda, bu Yevropa mamlakatlarining oliy ta’lim tizimlarini uyğunlaştiriş, har bir kişi uçun teng ravişda ta’limni ta’minlaş, intellektual, madaniy, ijtimoiy, ilmiy va texnologik salohiyatni şakllantiriş va mustahkamlaş, ta’lim sifatini takomillaştiriş jarayonidir. – Tahr.

Tasavvur qiling, Boloniya jarayoni tizimiga Markaziy Osiyoda Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston va hatto qöşnimiz Afğoniston ham kirgan.

Bu jarayon yagona Yevropa ta’lim hududini anglatadi. Uni ilk bor 1999 yilda 22ta davlat imzolagan bölsa, hozir tizimga dunyoning 47 davlati a’zo hisoblanadi”, – dedi Akbarov.

Professor intervyu davomida dunyoda moqobili yöq va faqat MDHning sanoqli davlatlaridagina saqlanib qolayotgan fan doktori ilmiy darajasi (doctor of science)ni tugatiş taklifini ham bildirdi.