O‘zbekiston | 11:58 / 29.07.2022
16103
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari qulay havo harorati bo‘lishi kutilmoqda

Bugun respublika hududi katta qismida havo harorati 33-38 daraja issiq, janubda ba’zi joylarda 40 daraja issiqqacha bo‘lgan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublika shimoli-g‘arbida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo hududlar katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda, 30 iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va 31 iyul yakshanba kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Havo harorati kechalari 20-23 daraja issiq, kunduz kunlari 33-36 daraja issiq atrofida bo‘ladi, bu iyul oyi oxiridagi iqlimiy me’yorlarga yaqindir.

Ushbu kunlarda janubda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga oid