O‘zbekiston | 15:52 / 29.07.2022
5445
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” geologiya-qidiruv, burg‘ilash ishlari va tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini o‘rganish maqsadida Ustyurtda bo‘ldi

Foto: O‘zbekneftgaz

Shuningdek, Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Ustyurt regionida yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish, konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish va texnologik obektlarni qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Dastlab, Ustyurtda uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish Dasturi doirasida olib borilayotgan geologik qidiruv burg‘ilash ishlarini nazorat qilish maqsadida, “Jagiz” maydonidagi 1-sonli, “G‘arbiy Quyi Surgil” konidagi 3-, 4-sonli va “Quyi Surgil” konidagi 3-, 8-, 10-sonli izlov qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari bilan yaqindan tanishildi hamda zaxiralarni o‘stirish borasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.

“G‘arbiy Quyi Surgil” konidagi 1-sonli quduqda, quduq tubini chuqurlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan murakkab ta’mirlash ishlari joyida o‘rganildi. Shundan so‘ng “Quyi Surgil” konidagi 23-, 26-sonli qazib chiqarish quduqlaridagi burg‘ilash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida quduqlarni burg‘ilash va ta’mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotlar bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib boshqarma va tegishli departament boshliqlariga ishlarni tezlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Boshqarmada texnologik obektlarda, jumladan “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasida 1 ta qo‘shimcha quvvati kuniga 3 mln kub metr gazni kompleks tayyorlash vazifasini bajaruvchi texnologik tarmoqni qurish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari ham joyida ko‘rib chiqildi. 

Oldin qabul qilingan qarorlarga asosan, ushbu texnologik tarmoqni qurish uchun zarur bo‘lgan texnologik uskuna va apparatlarni “Muborak” va “Sho‘rtan” boshqarmalari ichki imkoniyatlardan ajratish belgilangan bo‘lib, hozirgi kungacha zarur 9 ta texnologik apparatlardan 5 tasi, quvurlar va quvur armaturalari bilan yetkazib berilgan hamda qurilish maydonida temir-beton poydevorlarni quyish ishlari boshlab yuborilgan. 

Qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish davomida qolgan texnologik apparatlar, po‘lat quvurlar, quvur armaturalari va boshqa zarur material-texnik resurslarni yetkazib berish, qurilish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha pudratchi tashkilot vakillariga va mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Boshqaruv raisi 2022 yil yarim yilligi bo‘yicha belgilangan rejaning bajarilishi hamda 2022 yilning ikkinchi yarim yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbariyatining hisobotini tingladi. Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan 2022 yil ikkinchi yarmida bajarilishi mo‘ljallangan geologik-texnik chora-tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan Ustyurt regionidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid