Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonga yangi ichki ishlar vaziri tayinlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ichki ishlar vaziri tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar berdi.
Baxtiyar Torebekov / Foto: IIV
Qayd etilishicha, Baxtiyar Torebekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.
Torebekov 2019 yil aprelidan buyon Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
26 iyul kuni polkovnik Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgandi.
U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bundan avvalroq Qoraqalpog‘iston prokurori Farhod Allambergenov ishdan olinib, uning o‘rniga Erkaboy Tojiyev tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025