Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoy raketa-tashuvchisi kosmosdan qulaganini ma’lum qildi
AQSh kosmik qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, Xitoyning «Chanchjen-5V» raketa-tashuvchisi ishlatib bo‘lingan bosqichidagi qoldiqlar Yer atmosferasiga nazoratsiz qayta kirishi natijasida Hind okeaniga tushib ketgan.
O‘tgan hafta Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasiga «Ventyan» eksperimental modulini jo‘natgan Xitoyning «Chanchjen-5V» raketasi qoldiqlari koinotdan nazoratsiz qaytib, Yer atmosferasiga kirib borishi natijasida Hind okeaniga tushib ketdi. Bu haqda AQSh QK Kosmik qo‘mondonligi Twitter’da ma’lum qildi.
AQSh Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) rahbari Bill Nelson Pekinni Xitoy raketaning Yerga qulashi trayektoriyasi haqida ma’lumot bermagani munosabati bilan mas’uliyatsizlikda aybladi.
«Barcha kosmik davlatlar o‘rnatilgan ilg‘or tajribalarga amal qilishi va kosmik chiqindilar qulashi xavfini, ayniqsa «Chanchjen-5V» kabi og‘ir raketa-tashuvchilar bo‘yicha ishonchli prognozni ta’minlash uchun ma’lumotlarni oldindan bo‘lishish majburiyatini bajarishi kerak», deb yozadi u Twitter’da.
Raketa o‘tgan yakshanba, 24 iyul kuni «Ventyan» uchuvchisiz modulini koinotga uchirish uchun ishlatilgan. Bu Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasi uchun mo‘ljallangan uchta moduldan ikkinchisidir. XXR orbital stansiyasi 2022 yil oxirigacha to‘liq ishga tushishi kerak, uning Yer yaqinidagi orbitada xizmat muddati taxminan o‘n yil bo‘lishi kerak. So‘nggi yillarda Xitoy AQSh va Rossiyaga yetib olish uchun o‘zining kosmik dasturlariga milliardlab dollar sarmoya kiritdi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026