Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya Rossiya bilan soddalashtirilgan safarlar bo‘yicha kelishuvni to‘xtatdi
RFning chegaradosh mintaqalar aholisiga ruxsatnomalar berishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror Pskovdagi konsullik yopilishi munosabati bilan Latviya hukumati tomonidan qabul qilindi.
Latviya Rossiya bilan chegaradosh mintaqalar aholisining safarlarini yengillashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni to‘xtatdi. Latviya bilan chegara yaqinida yashovchi rossiyaliklar uchun ushbu safarlar formati 1 avgust, dushanba kunidan boshlab bekor qilindi.
Bu qaror Rigadagi vazirlar mahkamasi tomonidan 14 iyul kuni qabul qilingan, u RF rasmiylarining Latviyada rossiyaliklarga chegara ruxsatnomalarini bergan yagona diplomatik muassasa - Pskovdagi Latviya konsulligini yopish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq. Seymning tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi hukumatga kelishuvni to‘xtatib turishni tavsiya qildi. 2010 yilda Latviya va Rossiya chegaradosh hududlari aholisining yengillashtirilgan safarlari to‘g‘risida bitim imzolangan.
Ayni paytda, Latviya Ukrainaga bosqin boshlanganidan keyin Rossiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatgan YeI davlatlaridan biri bo‘lib turibdi. Latviya TIV rahbari Edgar Rinkevich butun YeIni ushbu qarorga qo‘shilishga chaqirdi.
Iyul oyi oxirida Estoniya Rossiya fuqarolariga vaqtinchalik yashash va o‘qish vizalarini berishni taqiqlovchi qaror qabul qildi. Bundan tashqari, Tallin Rossiya va Belarus fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish shartlarini kuchaytirdi. Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu choralarni Ukrainadagi urush tufayli RFga tinimsiz bosim o‘tkazish zarurati bilan izohladi.
Bildirilishicha, bu nafaqat Ukrainaning «hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligi»ni qo‘pol ravishda buzadi, balki Estoniya va YeI xavfsizligiga tahdid soladi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026