Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining ommaviy zaharlanishi yuz berdi
Volgograd oblastining Bikovo tumanida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining ommaviy zaharlanishi sodir bo‘ldi. 11 kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi mintaqa sog‘liqni saqlash qo‘mitasi.
«18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlanish alomatlari bilan Bikovo tumani markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Tegishli xabar dalalarga yaqin joylashgan yashash joyidan kelib tushgan», — deyiladi qo‘mita xabarida.
Ikki bemor Voljskiy shahridagi Volgograd oblasti yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborildi, to‘qqiz kishi «o‘tkir gastroenterokolit» dastlabki tashxisi bilan Bikovo kasalxonasida davolanishni davom ettirmoqda.
«Bugungi kunda ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda, biroq bemorlar tahlil natijalari olinmaguncha shifokorlar nazoratida bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi qo‘mita.
Bikovo sanoat posyolkasi aholisining so‘zlariga ko‘ra, bunday favqulodda vaziyatlar mintaqada muntazam ravishda sodir bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026