Sinoptiklar avgust oyida kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
Iqlimiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha avgust oyi iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga salqinroq bo‘ladi.
Avgust oyida hududlarning aksariyat qismida harorat eng yuqori cho‘qqi qiymatlari iyul oyi maksimumlaridan past bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar qilmoqda.
Shunda, Toshkentda iyul oyidagi eng yuqori havo harorati 44,6 daraja (bunday harorat 1997 yilda qayd etilgan), avgust oyida esa 43,1 darajani (1944 yilda) tashkil etadi. Respublika chekka janubida, Termizda iyul oyida eng yuqori harorat 48,6 daraja (1914 yilda), avgust oyida esa 46,3 daraja (1947 yilda) bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, markaziy hududlarda 42-43 darajagacha, janubda 45-46 darajagacha bo‘lgan juda yuqori harorat qiymatlari har yili ham kuzatilmaydi. Avgust oyida juda ham tez-tez 1-3 kun 39 darajadan 41 darajagacha, janubda 42-43 darajagacha bo‘lgan harorat kuzatiladi.
Avgust - O‘zbekistonda eng quruq oy deb hisoblanadi. Avgust oyida yomg‘ir juda kam - hududning aksariyat qismida o‘rtacha 1 kundan 3 kungacha biroz yog‘adi. Biroq, ushbu quruq oy davomida ayrim joylarda sezilarli jadallikdagi jala yomg‘irlar kuzatilishi mumkin.
Bildirilishicha, bu yil avgust nisbatan qulay harorat qiymatlari bilan boshlanadi. Oyning birinchi besh kunligida kunduzgi havo harorati 33-38 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Xuddi shunday harorat foni oy oxirigacha ustunlik qiladi.
Shu bilan birga, markaziy hududlarda harorat qisqa muddatli davrga 40-41 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l zonasida 41-42 daraja issiqqacha ko‘tarilish (1-2 kun) ehtimoli bor.
Avgust oyining ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Mavzuga oid
10:27
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024