Jahon | 19:56 / 02.08.2022
36861
1 daqiqa o‘qiladi

Pelosining samolyoti Tayvanga qo‘ndi

Nensi Pelosi Osiyo turnesi doirasida orolga tashrif buyurdi. 

AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyoti Tayvanga qo‘ndi. Bu haqda Flightradar ma’lumotlari va Tayvanning «Sanli» telekanali translatsiyasi orqali ma’lum bo‘ldi.

Nensi Pelosi Osiyo turnesi doirasida orolga tashrif buyurdi. 

Spikerning ushbu orol davlatga tashrif buyurish bo‘yicha rejalari orolni o‘zining ajralmas qismi deb hisoblaydigan Xitoyda keskin norozilik uyg‘otdi va rasmiy Pekin tomonidan tahdidlar yangradi.  

XXR rasmiylari bir necha bor Vashingtonni bunday tashrif oqibatlaridan ogohlantirdi, seshanba kuni esa AQSh buning uchun to‘lov qilishini bildirdi. 

NHK telekompaniyasining xabar berishicha, AQShning sakkizta F15 qiruvchi samolyoti vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyotini kuzatib borish uchun Okinavadagi bazadan havoga ko‘tarilgan. 

Mavzuga oid