Naşrga köra, bu Qirğiziston uçun nihoyatda muhim yangilik, çunki u istiqbolda respublikada energiya taqçilligi muammosini hal etiş bilan birga suv-energetika tartibga soliş tizimi imkoniyatlarini yaxşilab, Norin daryosi basseynidagi hamkorlik salohiyatini ham mustahkamlaydi. Bu esa Markaziy Osiyo mintaqasi uçun birinçi raqamli mavzu.
Voqeaning muhimligini tuşuniş uçun GES barpo etiş taşabbusi sobiq ittifoq davridayoq muhokama qilinganini esga oliş kifoya. Şundan söng Rossiya bilan kooperatsiya qilişga urinişlar böldi, lekin nimagadir kutilgan natijaga erişilmadi.
Boşqaça aytganda, loyiha uzoq yillar noaniqlik tumani içida qolib ketdi. Bu öz-özidan tuşunarli, çunki transçegaraviy daryolarni «jilovlaş»ga faqat qöşnilarning roziligi bilan erişiş mumkin. Bu örinda özaro tuşunişga erişilmagandi.
SSSR parçalangaç Markaziy Osiyodagi bir vaqtlar yagona bölgan suv-energetika kompleksida qarama-qarşiliklar va özaro gina-kuduratlar yiğilib qolgan edi.

Jumladan, Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov bu obekt qurilişiga qarşi çiqib, suğoriş uçun foydalaniladigan suv Qirğiziston tomonidan tovlamaçilik va nayranglar vositasiga aylanişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Ya’ni işonç bölmagan, Tojikistondagi Roğun GESiga nisbatan ham tuşuniş bölmaganidek. Daryolarning quyi oqimida joylaşgan davlatlar doim suv oqimlarini tartibga solişga urinişlarga sergaklik bilan munosabatda bölişadi.

Foto: fb.com/khadamotimatbuot
Bunday loyihalar köpinça keskin munosabatlar va hattoki jangovar ritorikaga sabab böladi. Ğarbdagi köplab hamkorlar aynan suv bölişiş masalalarida yirik mojaro salohiyatini körişgan, bu muammo «halokatli iqlim», muzliklar erişi va suvdan nooqilona foydalaniş tufayli yanada çuqurlaşadi.
Şu sababli, vaziyatni özgartiriş uçun qilinadigan birinçi iş — özaro işonç muhitini yaratiş, yanada jips va özaro manfaatli munosabatlarni örnatiş.
Bu yölda muhim qadam 2019 yilda taşlandi, uzoq tanaffusdan söng Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilari nihoyat bir stol atrofiga yiğilib, maslahatlaşuv uçraşuvini ötkazişdi. Şundan buyon mintaqaviya evolyutsion jarayon intensivroq rivojlana boşladi.












