Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanishi mumkin
Ushbu yangilik xavfsiz axborot muhitini shakllantirishga qaratilgani ta’kidlangan.
Qozog‘istonda «vakolatli organ talablarini bajarmagan» onlayn platformalarga kirish bloklanishi mumkin. Bunday norma respublika Madaniyat va axborot vazirligi tomonidan taklif etilgan tuzatishlar loyihasida mavjud.
«Onlayn-platformalar mulkdorlari va (yoki) qonuniy vakillari (vakolatxonalari) tomonidan vakolatli organning ko‘rsatmalari bajarilmagan taqdirda, vakolatli organ onlayn-platformaga kirishni Internet-resurslar, onlayn-platformalar va tezkor xabar almashish xizmatlaridan foydalanishni cheklash to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq bloklaydi», deyiladi e’lon qilingan hujjatda.
Platformalar Madaniyat vazirligi talabiga binoan taqiqlangan materiallarni olib tashlashi, besh mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan anonim akkauntlar haqida ma’lumot berishi, kontentni to‘g‘ri markirovka qilishi shart bo‘ladi.
Xuddi shu loyihada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlash taklif qilingan. Ushbu ko‘rsatmalardan birortasining bajarilmasligi resursdan foydalanishni cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin.
Vazirlik tushuntirish xatida yangi normalar xavfsiz axborot muhitini shakllantirish va onlayn platformalardagi noqonuniy kontent hajmini kamaytirish uchun zarurligini ko‘rsatgan. Hujjat mualliflarining qayd etishicha, uning qabul qilinishi budjetdan moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi va salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Avvalroq, Avstraliya 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni taqiqlagan birinchi davlat bo‘lgan edi.
Keyinroq, Malayziya hukumati 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni 2026 yildan boshlab taqiqlash rejasini e’lon qildi.
Mavzuga oid
18:47
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
20:56 / 12.06.2026