Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQShga «terrorizm homiysi» maqomi tufayli diplomatik aloqalarni uzish bilan tahdid qildi
TIV Rossiyaning AQSh tomonidan terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olinishini «mas’uliyatsiz qadam» deb atadi, u diplomatik munosabatlarning uzilishiga olib keladi.
Foto: AP
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashington Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb e’lon qilgan taqdirda, AQSh bilan diplomatik munosabatlar uzilishini istisno etmayapti. Bu haqda 2 avgust, seshanba kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
«Bunday mas’uliyatsiz qadamning mantiqiy natijasi diplomatik munosabatlarning uzilishi bo‘lishi mumkin, shundan so‘ng Vashington oxir-oqibat qaytib kelmaydigan nuqtadan o‘tish xavfini tug‘diradi», dedi u.
Aprel oyida The Washington Post nashri manbalarga tayanib, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydendan Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olishni so‘ragani haqida xabar bergan edi. Vashingtonning bunday potensial harakati «AQSh arsenalidagi eng kuchli va keng qamrovli sanksiyalardan biri» deb ataldi.
Iyul oyi oxirida AQSh Kongressi Senati shunday murojaat bilan chiqdi va bajarilishi majburiy bo‘lmagan rezolyutsiyani qabul qildi. Senatorlar davlat kotibi Entoni Blinkendan Checheniston, Gruziya, Suriya va Ukrainadagi «son-sanoqsiz begunoh erkaklar, ayollar va bolalarning o‘limiga» olib kelgan voqealar tufayli Rossiyani terrorizmning homiysi deb e’lon qilishni so‘rashdi. The New York Times gazetasining yozishicha, Blinken bu qarorga qarshi.
Davlat departamenti ma’lumotlar varaqasiga ko‘ra, agar davlat «xalqaro terrorizm harakatlarini qayta-qayta qo‘llab-quvvatlagan» bo‘lsa, Davlat departamenti mamlakatni terrorizm homiysi deb e’lon qilishi mumkin. Mamlakatni ro‘yxatga kiritish Oq uyga ushbu davlatlar aktivlarini muzlatib qo‘yish, shuningdek, ular bilan iqtisodiy aloqalarni davom ettirayotgan uchinchi davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkonini beradi. AQSh bu maqomni to‘rtta davlatga bergan: Shimoliy Koreya, Kuba, Eron va Suriya.
Mavzuga oid
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
15:06 / 10.02.2026