Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qulladi
Finlandiya va Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi AQSh Kongressi yuqori palatasi a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ikki shimoliy Yevropa mamlakatining qo‘shilishi NATOga a’zo 30 ta davlatdan 23 tasi tomonidan ma’qullangan.
AQSh Senati Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qulladi. 3 avgust, chorshanba kuni Kongressning yuqori palatasi ko‘pchilik ovoz bilan Shimoliy Atlantika alyansini kengaytirishni yoqlab ovoz berdi: 95 senator blokda ishtirok etuvchi davlatlar sonini ko‘paytirish tarafdori bo‘ldi, faqat bir nafari bunga qarshi chiqdi. «Ushbu tarixiy ovoz berish Qo‘shma Shtatlarning NATOga bo‘lgan davomiy, xolis sodiqligi hamda alyansimizning bugungi va ertangi muammolarga tayyorligidan dalolat beradi», - dedi AQSh prezidenti Jozef Bayden.
Shu tariqa, NATOga a’zo 30 davlatdan 23 tasi, shu jumladan Germaniya Finlandiya va Shvetsiyani qabul qilishga rozi bo‘ldi. Ularning ittifoqqa kirishi to‘g‘risidagi hujjatlar alyansning barcha a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Shundan keyingina shimoliy Yevropadagi mamlakatlarning ikkalasi ham NATO nizomining kollektiv mudofaa tamoyilini tavsiflovchi 5-moddasi bilan himoyalanadi.
Shvetsiya va Finlandiya may oyida Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirishi munosabati bilan an’anaviy betaraflikdan voz kechib, NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Alyans ikki davlatni NATOga qabul qilish tartibini iyun oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiya va Finlandiyaning ittifoqqa qo‘shilishiga qarshi e’tirozlarini qaytarib olganidan so‘ng boshlagan edi.
Rasmiy Anqara Helsinki va Stokholmdan kurd ekstremistlari va 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilinganlarni ekstraditsiya qilishni talab qildi. Keyinroq Erdo‘g‘an Shvetsiyani bu va’dalarni bajarmaslikda aybladi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026