Blinken Lavrovning sudlangan basketbolchi bo‘yicha muzokara o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Vashington Rossiyada sudlangan basketbolchi Brittni Grayner AQShga topshirilishiga erishmoqchi, deya ma’lum qildi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken.
Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib to‘qqiz yilga qamalgan amerikalik basketbolchi Brittni Graynerni almashtirish bo‘yicha Rossiya taklifini ko‘rib chiqadi. 5 avgust, juma kuni ASeAN davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Kamboja poytaxti Pnompendagi yig‘ilishida u Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning bayonotiga izoh berdi. Vashington Grayner AQShga topshirilishiga erishmoqchi, deya ta’kidladi u.
Avvalroq Lavrov Kambojada o‘tkazilayotgan ASeAN tadbirlari doirasida AQSh va RF prezidentlari tomonidan mahbuslar almashinuvini muhokama qilish uchun ishga tushirilgan maxsus kanal mavjudligi va bu masalalar bo‘yicha muzokaralar u yerda o‘tkazilishi kerakligini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, Moskva Vashington bilan bu mavzuni muhokama qilishga tayyor.
Shu bilan birga, Davlat departamenti rahbari «alohida shaxslardan siyosiy piyoda» sifatida foydalanilishini qoraladi. Blinken so‘zlariga ko‘ra, Graynerning hibsga olinishi va qamalishi Moskva «noqonuniy ravishda qo‘lga olish holatlaridan o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun foydalanayotganini» ko‘rsatadi.
4 avgust kuni Moskva oblastining Ximki shahar sudi Brittni Graynerni giyohvand moddalarni saqlash va kontrabanda qilishda aybdor deb topib, to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi hamda bir million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Basketbolchining advokatlari apellyatsiya berilishini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Brittni Graynerga chiqarilgan sud hukmini «qabul qilib bo‘lmas» deb atadi.
«Bugun AQSh fuqarosi Brittni Grayner qamoq jazosiga hukm qilindi, bu dunyo allaqachon bilgan narsaning yana bir eslatishidir: Rossiya Brittnini nohaq ushlab turibdi. Bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa, men Rossiyani u o‘z yaqinlari, do‘stlari va jamoadoshlari bilan birga bo‘lishi uchun zudlik bilan ozod qilishga chaqiraman», deyiladi Baydenning Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotida.
Greyner 2022 yilning fevralida Sheremetevoda hibsga olingan. Tergovga ko‘ra, tintuv chog‘ida uning bagajidan nasha yog‘i solingan veyp kartrijlari topilgan. Sportchi buni tan oldi, lekin u Rossiyaga taqiqlangan moddani ataylab olib kirmoqchi bo‘lmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u stress holatida narsalarni yig‘ishtirgan va kartrijlarni sumkasiga solganini eslay olmaydi. Grayner, shuningdek, giyohvand moddalarni faqat shaxsiy foydalanish uchun ishlatishini ta’kidladi.
AQSh ma’muriyati RFga Grayner va Rossiyada saqlanayotgan yana bir amerikalik - josuslikda ayblangan sobiq dengiz piyoda askari Pol Uilanni AQShda qurol savdosida ayblanib qamalgan va hozirda jazo muddatni o‘tayotgan RF fuqarosi Viktor Butga almashtirishni taklif qilmoqda. Avgust oyi boshida Vashington Moskvaning bu taklifi qabul qilib bo‘lmas ekanligini bildirdi, sababi Rossiya sobiq chechen dala qo‘mondoni Zelimxon Xangoshvilini o‘ldirgan, ayni paytda Germaniyada jazo muddatini o‘tayotgan Vadim Krasikovni almashish bitimiga qo‘shishni istagan.
Mavzuga oid
15:30 / 04.11.2024
Lavrov: Zelenskiyning «rejasi» va «formulasi» Yevropani tinchlikka yaqinlashtirmaydi
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
10:30 / 02.11.2024
Lavrov Turkiyani Ukrainaga qurol yetkazib bergani uchun tanqid qildi
19:09 / 26.10.2024